TGViewer
🇺🇿Central Asian University 🇺🇿Central Asian University @cauofficialuz · 859 subscribers
Post #3422 227
CAU × Siemens EDA: Hamkorlik imkoniyatlari

Central Asian Universityʼning Muhandislik Maktabida Siemens Electronic Design Automation (Siemens EDA) kompaniyasining Hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha menejeri Denis Lobzov bilan tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda janob Lobzov, Muhandislik Maktabi dekani, professor, PhD Ahmed Aziz hamda maktab vakillari ishtirok etib, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Suhbat davomida elektronika va chiplarni loyihalash, yarimo‘tkazgich texnologiyalari, mutaxassislarni tayyorlash va sertifikatlash, amaliy tadqiqotlar hamda sanoat bilan hamkorlik qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv CAU va Siemens EDA o‘rtasida muhandislik ta’limini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini mustahkamlash hamda talabalarning zamonaviy sanoat texnologiyalari va amaliy tajribaga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘ldi.

🤝 Tomonlar muloqotni davom ettirish va hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini yanada chuqurroq o‘rganishga kelishib oldilar.

🇬🇧 For reading in English
_____________________________________

💬Telegram 📱Instagram

📱Facebook 📹Youtube

📞 71-200-05-22, 71-208-12-34

💙 Kanalimizni qo'llab-quvvatlang!
  • 🔥 1
More from @cauofficialuz
  1. Oct 3, 2026🏐 Kurash davom etadi, CAU! Bu safar biz kutgan natija bo‘lmadi. Ammo kurash hali yakunlan…
  2. Oct 2, 2026🇦🇿🤝🇺🇿 Central Asian University Biznes Maktabi moliya sohasi mutaxassisi va xalqaro da…
  3. Oct 2, 2026🎓 Alumni Story: Rustam Anvarov 2019-yilda Rustam Anvarov Central Asian Universityʼga biri…
  4. Oct 2, 2026CAUʼdagi o‘zgacha bir kunga qisqacha nazar. 💙 Tabassumlar, syurprizlar va ajoyib ustoz ha…
  5. Oct 1, 2026🎓 Biznes Maktabi mehmon ma’ruzachilar turkumi Birinchi sessiya: AQShda startap ochish 🇺�…
  6. Oct 1, 2026🌱 CAU UI GreenMetric World University Rankings 2026 reytingida TOP-1000 talikka kirdi! 🎉…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →