Buxoro shahrida Qo‘riqlash xizmati xodimlarining tezkor harakatlari natijasida navbatdagi o‘g‘rilik jinoyatining oldi olindi.
Xususan, joriy yilning 14-oktabr kuni soat 09:49 da shahardagi qurilish mollari do‘konlarining biridan qo‘riqlash pultiga "tashvish" xabari kelib tushgan. Chaqiruv manziliga zudlik bilan yo‘l olgan Qo‘riqlash xizmatining tezkor harakatlanuvchi guruhi bor-yo‘g‘i 4 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borib, hududni to‘liq nazoratga olgan.
Tezkor o‘rganish ishlari davomida, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. do‘kondan turli xildagi qurilish ehtiyot qismlarini yashirincha olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Shundan so‘ng, huquqbuzar belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rish maqsadida Buxoro shahar IIO FMBga topshirilgan.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

