Buxoro viloyati IIB JXX JTSB rahbariyati hamda xodimlari tomonidan shahardagi aholi gavjum maskanlar, bozorlar, savdo majmualari va ko'p qavatli uylar atrofida fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi keng qamrovli profilaktika tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad fuqarolarning shaxsiy mulklariga bo'lgan e'tiborini kuchaytirish hamda ko'cha, jamoat joylari va ko'p qavatli uylar yo'laklarida sodir etilishi mumkin bo'lgan o'g'rilik jinoyatlarining barvaqt oldini olishdan iboratdir.
Targ'ibot jarayonida xodimlar tomonidan aholiga maxsus tayyorlangan eslatma-flayerlar tarqatilib, muhim tavsiyalar berilmoqda. Xususan xodimlar fuqarolarga ko'p qavatli uylardagi yo'laklar, zinapoyalar va lift oldida velosiped, samokat, bolalar aravachasi kabi qimmatbaho buyumlarni qarovsiz qoldirmaslikni hamda ularni uy ichida yoki maxsus zanjirli qulflar yordamida xavfsiz joyda saqlashni maslahat berishmoqda.
Shuningdek ko'cha va jamoat joylarida sumka hamda telefonlarni nazoratsiz qoldirmaslik, qimmatbaho telefonlarni orqa cho'ntakda solib yurmaslik kabi holatlar o'g'rilar uchun qulay o'lja ekanligi tushuntirilmoqda.
Tadbir davomida fuqarolarga atrofdagi shubhali shaxslar yoki holatlarga ko'zi tushganda darhol 112 qisqa raqamiga yoki ichki ishlar organlariga xabar berishlari kerakligi eslatib o'tilmoqda. O'g'rilikning oldini olish har birimizning vazifamiz ekanligi hamda shaxsiy buyumlarni asrashda xushyorlik eng asosiy xavfsizlik garovi bo'lishi yana bir bor uqtirilmoqda.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube





