TGViewer
Channel Public Channel
Buxoro IIB | Rasmiy kanal

Buxoro IIB | Rasmiy kanal

@bviib

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Subscribers
155K
Photos
104K
Videos
12.9K
Links
32.6K
Recent Posts 5 shown
Post #125108 542
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻining Jondor tumani "Zarafshon" MFYda navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Post #125107 1.32K
https://www.youtube.com/watch?v=jWVXCB4fhaA
IIB hafta davomida 24/7 ko‘rsatuvining 2026-yil 28-soni
Hafta davomida sodir etilgan jinoyat vа huquqbuzarliklar tafsilotlari:

🔹Buxoro viloyati IIB boshlig‘i tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi;
🔹Buxoro viloyati IIBda bo'lib o'tgan haftanoma yig'ilishida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar sarhisob qilindi;
🔹Buxoro shahrida sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan tanqidiy muhokama o‘tkazildi;
🔹Narkofurushlar jinoyat ustida ushlandi;
🔹Buxoroda “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi;
🔹"Xavfsiz hudud - dolzarb 30 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda;
🔹Jinoyatchilikning oldini olish va kiberxavfsizlik;
🔹Buxoro shahrida sodir etilgan bezorilik jinoyatlari keng jamoatchilik vakillari hamda 65 ta mahalla "yettiligi" ishtirokida tanqidiy tahlil qilindi;
🔹Yashash xonadonida guruh bo‘lib giyohvandlik moddalari iste'mol qilganlar ushlandi;
🔹Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
YouTube IIB hafta davomida 24/7 ko‘rsatuvining 2026-yil 28-soni Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
Post #125098 1.9K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Kogon tumani IIB boshlig‘i "Tutkunda" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi "Tutkunda" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ochiq muloqotda fuqarolar mas'ullarga 10 ga yaqin murojaat yo‘lladi. Qabul davomida aholi tomonidan asosan hududdagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish va asfaltlashtirish, xotin-qizlarga himoya orderi ajratish, nizoli oilalarni yarashtirish hamda voyaga yetmagan farzandni qonuniy tartibda otasidan olib berish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida nizoli oilalarni yarashtirish bo‘yicha darhol amaliy choralar ko‘rildi. Ijrosi ma'lum vaqt talab etadigan qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli xodimlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularning qonuniy hamda ijobiy hal etilishi bo‘lim boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Post #125097 2.17K
Mantiq va ma'rifat bellashuvi: Buxoroda ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Zakovat" va "Eng yaxshi kitobxon" tanlovi g'oliblari aniqlandi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Post #125091 2.36K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro shahrida Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi va fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
Buxoro shahridagi "S. Ayniy" mahalla fuqarolar yig'ini binosida Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i o'rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaro qabul qilinib, ularning muammolari batafsil tinglandi. Murojaatlarning 10 ga yaqini shu joyning o'zida bartaraf etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va muddat talab etiladigan qolgan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabuldan so'ng, viloyat IIB boshlig'ining qabuliga murojaat qilgan fuqaroning qo'shnisi bilan o'rtasidagi nizo hamda kuzatuv kamerasi o'rnatish bo'yicha yo'llagan murojaati mas'ullar tomonidan joyiga chiqib o'rganildi. O'tkazilgan o'rganishlar va profilaktik tadbirlar natijasida ushbu masala ham ijobiy hal etildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @bviib without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Buxoro IIB | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Buxoro IIB | Rasmiy kanal have?
Buxoro IIB | Rasmiy kanal (@bviib) has 155K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Buxoro IIB | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →