TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125098 3.4K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Kogon tumani IIB boshlig‘i "Tutkunda" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi "Tutkunda" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ochiq muloqotda fuqarolar mas'ullarga 10 ga yaqin murojaat yo‘lladi. Qabul davomida aholi tomonidan asosan hududdagi ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish va asfaltlashtirish, xotin-qizlarga himoya orderi ajratish, nizoli oilalarni yarashtirish hamda voyaga yetmagan farzandni qonuniy tartibda otasidan olib berish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida nizoli oilalarni yarashtirish bo‘yicha darhol amaliy choralar ko‘rildi. Ijrosi ma'lum vaqt talab etadigan qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli xodimlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularning qonuniy hamda ijobiy hal etilishi bo‘lim boshlig‘i tomonidan nazoratga olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 26, 2026#LIVE Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi ARK qo‘rg‘oni yaqinida konsert dasturi bo'lib o't…
  2. Sep 26, 2026#LIVE Ayni daqiqalarda Buxoro shahridagi ARK qo‘rg‘oni yaqinida konsert dasturi bo'lib o't…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →