TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125091 2.91K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro shahrida Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi va fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
Buxoro shahridagi "S. Ayniy" mahalla fuqarolar yig'ini binosida Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i o'rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaro qabul qilinib, ularning muammolari batafsil tinglandi. Murojaatlarning 10 ga yaqini shu joyning o'zida bartaraf etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va muddat talab etiladigan qolgan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, sayyor qabuldan so'ng, viloyat IIB boshlig'ining qabuliga murojaat qilgan fuqaroning qo'shnisi bilan o'rtasidagi nizo hamda kuzatuv kamerasi o'rnatish bo'yicha yo'llagan murojaati mas'ullar tomonidan joyiga chiqib o'rganildi. O'tkazilgan o'rganishlar va profilaktik tadbirlar natijasida ushbu masala ham ijobiy hal etildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 24, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik "Xavfsiz mahalla" va osuda jamiyat sari: Buxoro tumanida…
  2. Sep 24, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro shahridagi 34-sonli umumta'lim maktabi ustoz va mu…
  3. Sep 24, 2026#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Oliy ta’lim muassasalarida Buxoro shahrida “Xavfsiz hudud…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →