Oliy ta’lim muassasalarida Buxoro shahrida “Xavfsiz hudud dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida navbatdagi profilaktik ishlar o‘tkazildi
Buxoro viloyatida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bilan profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.
Bunda talabalar, ta’lim muassasalari, yotoqxona ichki tartib-intizomiga rioya qilish, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube







