TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 155K subscribers
Post #125144 2.98K
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
"Xavfsiz mahalla" va osuda jamiyat sari: Buxoro tumanida jinoyatchilikni jilovlash choralari ko'rilmoqda
Respublika mahallalarida fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi qabul qilingan. Mazkur hujjat kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, uni barqarorlashtirish va jamoat xavfsizligini saqlashda idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Ushbu farmoyish ijrosini ta'minlash doirasida Buxoro tumaniga biriktirilgan mas'ul rahbarlar "qizil" toifaga kiruvchi "Zarmanoq" va "Rabotiqalmoq" mahalla fuqarolar yig'inlarida atroflicha o'rganish ishlarini olib bordi.

Jarayon davomida hududda jinoyatchilikni jilovlash, shuningdek, "mahalla yettaligi" hamda ta'lim muassasalari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha amaliy choralar belgilandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Sep 27, 2026Kelajak sari qadam: Buxoroda voyaga yetmaganlar markazi tarbiyalanuvchilari Kasbiy ko'nikm…
  2. Sep 27, 2026Shofirkonda voleybol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi o‘tkazildi Shofirkon tumanidagi "R…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →