Shofirkon tumanidagi "Revgar" sport majmuasida U-14 yosh toifasidagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash hamda ularning mahoratini oshirishdan iborat.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslarda viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh voleybolchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Qizlar o‘rtasidagi bahslar yakuniga ko‘ra, Kogon tumani jamoasi 1-o‘rinni, Shofirkon tumani jamoasi 2-o‘rinni, Buxoro shahri jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Shofirkon tumani jamoasi 1-o‘rinni, Qorako‘l tumani jamoasi 2-o‘rinni, Jondor tumani jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
Yosh sportchilarimizni erishgan natijalari bilan muborakbod etib, ularga kelgusidagi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









