Buxoro viloyati markazida saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni kelgusida mustaqil hayotga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash hamda to‘g‘ri kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida Kasbiy ko'nikmalar markaziga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida yoshlarga bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar, ularni qisqa fursatda egallash sirlari hamda markazda yaratilgan keng imkoniyatlar haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘smirlar Kasbiy ko'nikmalar markazidagi mavjud o‘quv xonalari va ustaxonalarni ko‘zdan kechirib, kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ta'kidlash joizki, bu kabi amaliy va targ‘ibot tadbirlari voyaga yetmaganlarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri tanlashiga, o‘z qiziqish hamda iste’dodlarini ro'yobga chiqarishiga, eng asosiysi — jamiyatda munosib o‘rin egallab, to'g'ri yo'ldan borishiga muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









