TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 122K subscribers
Post #126406 4.27K
Buxoro shahrida ichki ishlar organlarining 9 oylik faoliyati sarhisob qilindi: yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama markazida
Joriy yilning 9 oyi yakunlariga bag‘ishlab, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Buxoro shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirokida kengaytirilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy masala sifatida boshqarma va uning quyi tizimlari tomonidan o‘tgan to‘qqiz oy davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, yechimini kutayotgan tizimli muammolar keskin tanqid ostiga olindi.

Xususan, xizmat sohalari rahbarlariga aholi osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik va mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarning faoliyatiga huquqiy va intizomiy jihatdan tanqidiy baho berish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, har bir rahbar va xodim o‘z mas’uliyatini chuqur his qilgan holda xizmat intizomiga qat’iy rioya etishi, jinoyatchilikning oldini olishda “mahallabay” va “fuqarobay” ishlash tizimi samaradorligini oshirishi hamda tizimda qonuniylikni so‘zsiz ta’minlashi shartligi alohida ta’kidlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 16, 2026G'ijduvon tumanida 9 oylik ish yakunlariga bag'ishlangan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'li…
  2. Oct 16, 2026Buxoro temir yo'l bekatida profilaktik targ'ibot tadbiri o'tkazildi Buxoro viloyati Transp…
  3. Oct 16, 2026Kiberfiribgarlar tuzog‘iga tushgan buxorolik fuqaroning 22,5 million so‘m puli 3 kun ichid…
  4. Oct 16, 2026Qorovulbozor tumani IIBning 9 oylik faoliyati sarhisobi: yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →