TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 121K subscribers
Post #126508 3.41K
Buxoro temir yo'l bekatida profilaktik targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Buxoro viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan respublika miqyosida o'tkazilayotgan "Yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishining oldini olish” tezkor profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida amaliy tadbirlar tashkil etildi.

Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli filialiga qarashli Buxoro temir yo'l bekati ishchi-xodimlari ishtirokida o'tkazilgan ushbu targ'ibot-tashviqot tadbirida giyohvand moddalarining inson salomatligi hamda jamiyatga salbiy oqibatlari va ushbu illat uchun qonunchilikda belgilangan qat'iy javobgarlik choralari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida temir yo'l hududida harakat xavfsizligini ta'minlash hamda turli baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari ham tushuntirilib, xodimlarning sergakligini oshirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berib o'tildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 17, 2026Buxoro viloyati IIB boshlig'i ishtirokida xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazildi ▶️Batafsil —…
  2. Oct 17, 2026"Pullarimni olishimga ko‘pchilik ishonmagandi": Noma’lum xabarni deb 127 million so'm puli…
  3. Oct 17, 2026Buxoro shahar IIO FMB VYMB inspektor-psixologlari tomonidan fuqarolarning kiberjinoyat qur…
  4. Oct 17, 2026Qorako‘lda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi: muammolar, bandlik va xavfsiz muhit mas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →