2026-yilning 9 oyi davomida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Ushbu avariyalarda 488 nafar shaxs tan jarohati olgan, 89 kishi halok boʻlgan.
2025-yil davomida moped va skuter haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq qariyb 300 ta holat aniqlangan boʻlsa, 2026-yilning oʻtgan davrida bu koʻrsatkich 4 312 taga yetgan.
Shuningdek, 162 ta holatda moped va skuter haydovchilari ham tegishli hujjatlarsiz, ham mast holatda boʻlgani aniqlangan.
Mazkur raqamlar moped, skuter va kichik hajmli mototransport vositalarini boshqarishda xavfsizlik talablarini kuchaytirish zaruratini koʻrsatmoqda.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube