Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbiri doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5-oktabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, sud idoralaridan yashiringanligi sababli Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi tomonidan joriy yilning 2-sentabr kuni qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Kogon tumani, "Xo‘ja Yakshaba" MFY, Sheyxlar qishlog‘ida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan M. I. ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.
Kogon tumani IIB TQX JQB mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Kogon tumani hududida qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
