Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 5-oktabridan 5-noyabriga qadar «Turmush» profilaktik tadbiri amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, notinch oilalar bilan manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirish, shuningdek, xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.
Mazkur profilaktik tadbir davomida hududlardagi notinch va nizoli oilalardagi ijtimoiy muhit chuqur o‘rganilib, oilaviy muammolarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan yakkatartibda tushuntirish ishlari olib borilishi, zo‘ravonlikdan jabrlangan fuqarolarga huquqiy, psixologik va amaliy yordam ko‘rsatilishi, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning xavfsizligi va huquqlari ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.
Hurmatli fuqarolar, oiladagi tazyiq, zo‘ravonlik va nizolarga aslo befarq bo‘lmang. Agar siz yoxud atrofingizdagilar shunday muammoga duch kelsa, o‘z vaqtida ichki ishlar organlaridan yordam so‘rashni unutmang. Vaqtida qilingan murojaat va jamoatchilik e’tibori ko‘plab noxushliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube





