Olot tumani, "Bo‘ston" MFYda yashovchi, 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan To‘rayeva Shaxinabonu Qosimjonova joriy yilning 5-oktabr kuni yashash xonadonidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan va hozirga qadar yashash manziliga qaytib kelmagan.
Hurmatli, fuqarolar!
Agar siz ushbu voyaga yetmagan shaxsni ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning qayerdaligi haqida biror ma'lumot mavjud bo‘lsa, +998 99 771 00 38 telefon raqamiga yoxud 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni, shuningdek, eng yaqin ichki ishlar organlari bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Ma'lumot bergan shaxsning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizning befarq bo‘lmagan yordamingiz qidiruv tadbirlarini samarali olib borishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ushbu e'lonni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish orqali ham qidiruv jarayonlariga amaliy yordam ko‘rsatishingiz mumkin.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

