Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 1-uy, 39-xonadonda yashovchi, 1962-yil 17-noyabrda tug‘ilgan Ismatov Sayfullo Xusenovich joriy yilning 25-sentyabr kuni soat 10:00 larda yashash xonadonidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan va hozirga qadar yashash manziliga qaytib kelmagan.
Bedarak yo‘qolgan S.Ismatov uydan chiqib ketayotgan vaqtida uning egnida ko‘k rangli futbolka, qora rangli jinsi shim hamda oyog‘ida qora rangli krasovka bo‘lgan.
Hurmatli, fuqarolar!
Agar siz ushbu shaxsni ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning qayerdaligi haqida biror ma'lumot mavjud bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga yoxud 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni, shuningdek, eng yaqin ichki ishlar organlari bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
+998 97 301 44 41
+998 99 556 08 00
Ma'lumot bergan shaxsning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizning befarq bo‘lmagan yordamingiz qidiruv tadbirlarini samarali olib borishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ushbu e'lonni ijtimoiy tarmoqlarda ulashish orqali ham qidiruv jarayonlariga amaliy yordam ko‘rsatishingiz mumkin.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
