Buxoro shahrida sud idoralaridan yashiringan qidiruvdagi shaxs ushlandi va tergov hibsxonasiga joylashtirildi
Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbirlari doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 28-sentabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi hamda 48¹-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud idoralaridan yashiringanligi sababli Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Buxoro shahar, "Toshmachit" MFY, Q.Murtazoyev ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi, 1991-yilda tug‘ilgan V. V.ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 6-mintaqaviy hudud 20-son JIEK tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Buxoro shahri hududida qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
