TGViewer
Buxoro IIB | Rasmiy kanal Buxoro IIB | Rasmiy kanal @bviib · 153K subscribers
Post #125660 4.12K
Buxoro shahridagi 16-maktabda o‘quvchilar davomati va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Buxoro viloyati IIB HPB boshlig‘i o‘rinbosari, TVBSO komandiri hamda mahalla mas'ul xodimlari ishtirokida Buxoro shahridagi 16-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘qituvchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishlarini ta'minlash hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida o‘quvchilar davomatini qat’iy nazorat qilish, sababsiz dars qoldirish holatlarini barvaqt aniqlab, ularning oldini olish, shuningdek, darslarga qatnashmayotgan o‘quvchilar bilan individual profilaktik ishlar olib borishga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga qat'iy rioya etishlarini ta'minlash hamda turli salbiy ta'sirlarga berilmaslik yuzasidan kerakli tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida maktab o‘qituvchilariga o‘quvchilarning davomati, xulq-atvori va ta'lim olishi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ota-onalar bilan hamkorlikda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda zarur hollarda mas'ul xodimlarni xabardor qilish muhimligi ta'kidlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
More from @bviib
  1. Oct 3, 2026#Hodisa Diqqat, qidiruv! Peshku tumani, "Mustaqillik" MFY, Hamid Olimjon ko‘chasida yashov…
  2. Oct 3, 2026#Jinoyatga_jazo_muqarrar "O‘zimni kechira olmayman": Giyohvandlik savdosi sabab 10 yilga o…
  3. Oct 3, 2026Таълим сифатини ошириш бўйича чора-тадбирлар (Бухоро)
  4. Oct 2, 2026#Hodisa Diqqat, qidiruv! Buxoro shahar, Q.Murtazoyev ko‘chasi, 1-uy, 39-xonadonda yashovch…
  5. Oct 2, 2026Shofirkon tumani "Bukhara Azteks Amirtex" nomli tikuv sexi xodimlariga "Buxoro smart qalqo…
  6. Oct 2, 2026#Huquqiy_madaniyat Buxoro viloyati IIB ogohlantiradi: "APK Qo‘riqchi" niqobi ostidagi yang…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →