Jondor tuman sudi tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Toshkent viloyatida ushlandi
Respublika hududida o‘tkazilayotgan "Qidiruv" tezkor tadbiri doirasida jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha tezkor harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 28-sentabr kuni olib borilgan tadbirlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, sud idoralaridan yashiringanligi sababli Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingan fuqaro — Jondor tumani, "Oqshix" MFYda yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan I. B.ning yashirinib yurgan manzili aniqlandi.
Jondor tumani IIB TQX JQB hamda JXX XPB mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, qidiruvdagi ushbu shaxs Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri hududida qo‘lga olindi.
Hozirgi vaqtda mazkur shaxsga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilib, Yangiyo‘l shahar IIBning vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
