Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan G‘ijduvon tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda xodimlarning xizmat faoliyati o‘rganildi. Jarayon davomida kelib tushgan fuqaro murojaati joyiga chiqib, atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, G‘ijduvon tumani IIB 3-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlarining ish yurituvida bo‘lgan ariza va shikoyatlar holati tahlil qilindi. Xodimlarning xizmat intizomiga rioya etishi, kunlik yurituv hujjatlari, jumladan, xizmat daftarlari va planshetlaridan maqsadli foydalanish amaliyoti tekshirildi.
Tadbirlar yakunida profilaktika inspektorlari ishtirokida kelib tushgan ariza va shikoyatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda qonuniylikni ta'minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube




