TGViewer
Channel Public Channel
BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal

@buxdpi

Buxoro davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqining rasmiy sahifasi

Matbuot kotib: @husenov_mirsaid

Murojaat boti: @buxdpi_uzbot
Subscribers
2.58K
Photos
14.5K
Videos
2.1K
Links
6.1K
Recent Posts 11 shown
Post #22501 543
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🌸 Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

👍 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tomonidan samimiy tabriklandi.

🌼 Barcha qizlarimizga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt, qalb xotirjamligi, yorqin kelajak va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Doimo yuzingizdan tabassum, qalbingizdan mehr va hayotingizdan quvonch arimasin!

🌺 Qizlar — jamiyatning go‘zalligi, kelajakning bunyodkorlaridir!

📸  Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram
  • ❤ 6
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • 🎉 1
  • 🏆 1
Post #22500 387

Forwarded from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

#TANLOV

“Islohotlar bilimdoni” — respublika ko'rik-tanlovi!


📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ta’lim muassasalari pedagog xodimlari hamda talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, yoshlar va pedagog xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda faol va tashabbuskor ishtirokchilarni rag‘batlantirishdan iborat.

🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔵 “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”
🔵 “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”
🔵 “Eng yaxshi tyutor”
🔵 “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”
🔵 “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” — talabalar uchun

💰 Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin — BHMning 45 baravari miqdorida;
🥈 2-o‘rin — BHMning 40 baravari miqdorida;
🥉 3-o‘rin — BHMning 35 baravari miqdorida pul mukofoti.

📌 E’tibor! Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 10-oktabrga qadar Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun: +998 90 514 38 39
👤 Mas’ul: @Asliddin_Gadoyev

📄 Tanlov nizomi bilan batafsil tanishish:
🔗 Batafsil tanlov nizomi

✨ Faollik, tashabbuskorlik va bilimlaringizni namoyon eting! “Islohotlar bilimdoni” bo‘lish sari ilk qadamni bugunoq tashlang!

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • ❤ 1
Post #22494 528
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

☄️ BuxDPI’da yugurish marafoni tashkil etildi!

👍 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida yugurish marafoni tashkil etildi.

🔴 Marafon davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining shijoati, g‘ayrati va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.

💪 Sog‘lom tana — sog‘lom fikr!
Yoshlar salomatligi va faol hayot tarzi yo‘lida bunday tashabbuslar muhim ahamiyat kasb etadi.

📸  Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #22492 333

Forwarded from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

Buxoro davlat pedagogika institutida respublikamiz miqyosida ilk bor VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali bo‘lib o‘tdi.

👍 Nufuzli xalqaro festivalda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Vengriya hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.Festivalning ochilish marosimida institut rektori Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich so‘zga chiqib, tadbirning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, mushtarak tarix va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishdagi ahamiyatini ta’kidladi hamda mehmonlarni samimiy qutladi.

➡️ TTadbir davomida Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi raisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi, shoir Xəyal Rza, Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov, Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi vakili, turkiyalik yozuvchi va shoir Mahmut Özkoca hamda Xalqaro turkiy mualliflar birligi koordinatori Ayten Qurbanova o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etib, festivalning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladilar.Festival doirasida institutning “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan she’riyat kechasi esa tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Unda shoirlar Mahmut Özkoca va Behruz Nifteliyev o‘z ijod namunalarini taqdim etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Mazkur adabiy uchrashuv turkiy xalqlarning mushtarak ma’naviy merosi, adabiyotga bo‘lgan muhabbati va ijodiy hamkorligini namoyon etgan mazmunli muloqot maydoniga aylandi.


Mazkur festival turkiy xalqlarning boy adabiy merosi va mushtarak qadriyatlarini keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro adabiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #22491 281

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
Post #22490 240

Forwarded from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

⚠️ BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI OGOHLANTIRADI!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar!


❗️ So‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali institut professor-o‘qituvchilari yoki talabalari nomidan turli mazmundagi xabarlar yuborilishi, ayrim hollarda esa shaxsiy ma’lumotlar, pul mablag‘lari yoki boshqa talablar bilan murojaat qilinishi mumkin.

❗️Shuni alohida ta’kidlaymizki, bunday xabarlar har doim ham aynan xabarda ko‘rsatilgan shaxs tomonidan yuborilgan bo‘lmasligi mumkin. Begona shaxslar ustozlar yoki talabalar nomidan foydalanib, siz bilan turli yo‘llar orqali bog‘lanishga urinishi ehtimoldan xoli emas.

🔎 Shu munosabat bilan barcha professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarni hushyor va ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

⚠️ Agar sizga:
▪️ institut xodimi yoki talabasi nomidan shubhali xabar kelsa;
▪️ pul mablag‘i yoki boshqa yordam so‘ralsa;
▪️ shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etish talab qilinsa;
▪️ noma’lum havolaga kirish yoki fayl yuklab olish so‘ralsa;
▪️ xabarning mazmuni yoki yuboruvchisi sizda shubha uyg‘otsa —
shoshilinch xulosa qilmang va hech qanday ma’lumot yoki mablag‘ yubormang.


✅ Avvalo xabar yuborgan shaxs bilan boshqa aloqa vositasi orqali bog‘lanib, ma’lumotni qayta tekshiring.

⚠️ OGOHLANTIRAMIZ: har qanday xabarga ishonishdan oldin uning manbasi va haqiqiyligini tekshiring!


🤩 Barchangizdan internet va messenjerlardan foydalanishda mas’uliyatli bo‘lish, firibgarlik va turli noqonuniy holatlarning oldini olish uchun doimo hushyorlikni saqlashni so‘raymiz.

👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • ❤ 1
Post #22486 522
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

☄️ BuxDPIda “Talaba qizlar ligasi” turniri bo‘lib o‘tmoqda!

👍 👍 Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Talaba qizlar ligasi” mavsumiy turnirining 2-turi bo‘lib o‘tmoqda.

🎯 Ayni paytda talaba qizlar o‘z bilimlari, zukkoligi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, jamoalar o‘rtasida qizg‘in bellashuv olib bormoqdalar. Turnir talaba qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bilim va tafakkurni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

📸  Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati

📱Telegram | 📱You Tube  📱Facebook |📱Instagram
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @buxdpi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal have?
BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal (@buxdpi) has 2.58K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →