#TANLOV
“Islohotlar bilimdoni” — respublika ko'rik-tanlovi!
📣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ta’lim muassasalari pedagog xodimlari hamda talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, yoshlar va pedagog xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda faol va tashabbuskor ishtirokchilarni rag‘batlantirishdan iborat.
🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔵 “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”
🔵 “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”
🔵 “Eng yaxshi tyutor”
🔵 “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”
🔵 “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” — talabalar uchun
💰 Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — BHMning 45 baravari miqdorida;
🥈 2-o‘rin — BHMning 40 baravari miqdorida;
🥉 3-o‘rin — BHMning 35 baravari miqdorida pul mukofoti.
📌 E’tibor! Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 10-oktabrga qadar Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
📞 Murojaat uchun: +998 90 514 38 39
👤 Mas’ul: @Asliddin_Gadoyev
📄 Tanlov nizomi bilan batafsil tanishish:
🔗 Batafsil tanlov nizomi
✨ Faollik, tashabbuskorlik va bilimlaringizni namoyon eting! “Islohotlar bilimdoni” bo‘lish sari ilk qadamni bugunoq tashlang!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #22500
442
