TGViewer
Channel Public Channel
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

@bukhspi

✔️Veb-sayt:www.buxdpi.uz/
✔️Facebook:www.facebook.com/buxdpi
✔️Instagram:www.instagram.com/buxdpi_uz
✔️Youtube:https://youtube.com/@buxdpi769
Subscribers
8.45K
Photos
49.8K
Videos
4.1K
Links
14.1K
Recent Posts 7 shown
Post #60731 1.09K

Forwarded from Бахтиёр Адилов | Расмий канал

📹 Бухоро давлат педагогика институтида Бухоро вилояти ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Бахтиёр Адилов ҳамда туман ва шаҳар ҳокимларининг ўринбосарлари, мактабгача ва мактаб таълими бўлимлари мудирлари ҳамда олий таълим муассасалари вакиллари ўртасида мулоқот бўлиб ўтди.

Унда таълим тизимидаги ҳамкорликни мустаҳкамлаш, педагог кадрлар тайёрлаш сифатини ошириш, ҳудудларда таълим-тарбия самарадорлигини юксалтириш ва ёшлар учун яратилаётган имкониятларни кенгайтириш масалаларини муҳокама қилинди.

👉Бахтиёр Адилов канали
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #60721 1.05K

Forwarded from Бахтиёр Адилов | Расмий канал

Таълим тизимидаги ҳамкорлик ва устувор вазифалар муҳокама қилинди

Бухоро давлат педагогика институтида вилоят ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари Бахтиёр Адилов иштирокида учрашув бўлиб ўтди. Унда институт ректори Баҳодир Маъмурoв, вилоятдаги олий таълим муассасалари вакиллари, туман ва шаҳар ҳокимларининг ўринбосарлари, мактабгача ва мактаб таълими бўлимлари мудирлари ҳамда соҳа масъуллари қатнашди.

Учрашувда таълим тизимининг турли босқичлари ўртасидаги узвийликни таъминлаш, таълим муассасалари фаолиятини мувофиқлаштириш ва ўзаро ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш масалалари муҳокама қилинди.

Мулоқот давомида педагог кадрлар тайёрлаш сифатини ошириш, бўлажак ўқитувчиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш, замонавий педагогик ёндашувларни амалиётга жорий этиш ҳамда таълим муассасалари ва ҳудудий ташкилотлар ўртасидаги ҳамкорликни кенгайтиришга алоҳида эътибор қаратилди.

Шунингдек, туман ва шаҳарларда таълим сифатини ошириш, мавжуд муаммоларни ҳамкорликда ҳал этиш, илғор тажрибаларни оммалаштириш ҳамда ёшларнинг билим олиши ва камол топиши учун зарур шарт-шароитларни яхшилаш юзасидан фикр алмашилди.

Учрашув якунида таълим соҳасида белгиланган вазифаларни самарали амалга ошириш, масъул ташкилотлар ўртасидаги ҳамкорликни кучайтириш ва таълим-тарбия сифатини оширишга қаратилган ишларни изчил давом эттириш муҳимлиги таъкидланди.

👉Бахтиёр Адилов канали
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #60717 1.06K

Forwarded from O’zbekiston voleybol federatsiyasi | Rasmiy kanal

🌟 O‘ZBEKISTON KUBOGI | ERKAKLAR O‘RTASIDA

Toshkent shahrida davom etayotgan voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasida navbatdagi uchrashuv yakunlandi

📊 Semurg‘ 0:3 BuxDPI

BuxDPI jamoasi uchrashuv davomida ishonchli o‘yin namoyish etib, Semurg‘ jamoasini uch setda mag‘lub etdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi

🏆 O‘zbekiston Kubogi bahslari davom etmoqda!

😎O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Sizlar uchun eng qaynoq yangiliklarni havola qilib boramiz

🌐Sayt 😎 Instagram ▶️ YouTube
😎 Telegram 😎 Facebook
  • ❤ 5
  • 🎉 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 😍 1
Post #60716 1.14K
🎙 🟥🟥🟥

✅ VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali doirasida Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi vakili, yozuvchi va shoir Mahmud Özkoca festivalning ahamiyati, shuningdek, Buxoroning boy tarixiy merosi va betakror madaniyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, festival turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy hamkorlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 4
Post #60715 1.2K
VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari ishtirokida musiqiy chiqish tashkil etildi.

👍 Unda talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar festivalga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur chiqish yoshlarning musiqiy iste’dodi va ijodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, turkiy xalqlarning mushtarak madaniy qadriyatlarini targ‘ib etishga ham xizmat qildi.

Bunday madaniy tadbirlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, san’at orqali ma’naviy aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • 🥰 1
  • 😇 1
Post #60704 1.09K
VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali doirasida tarix va ijod uyg‘unligi!

👍 Buxoro davlat pedagogika institutida respublikamiz miqyosida ilk bor tashkil etilgan VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivalining ikkinchi kuni Buxoro shahridagi Imom al-Buxoriy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tarixiy Qozi Kalon ustaxonasida davom etdi.

➡️Tadbir davomida xalqaro mehmonlar ustaxonaning o‘ziga xos faoliyati, bu yerda yaratilayotgan ijodiy namunalar hamda talabalarning amaliy ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv jarayonida milliy hunarmandchilik an’analari, yoshlarning ijodiy salohiyati va tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Tashrif mehmonlarga Buxoroning boy madaniy merosi, ijodiy muhiti va yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Festivalning ushbu qismi adabiyot, san’at, hunarmandchilik va ta’limni o‘zaro bog‘lovchi muhim madaniy muloqot maydoniga aylandi.Tadbir yakunida Buxoro davlat pedagogika instituti tomonidan xalqaro mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ijodkorlar hamkorligini rivojlantirish hamda kelajak avlodga bebaho madaniy merosni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 4
Older posts →

About this channel

How can I read @bukhspi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI have?
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI (@bukhspi) has 8.45K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →