TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.45K subscribers
Post #60704 1.17K
VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali doirasida tarix va ijod uyg‘unligi!

👍 Buxoro davlat pedagogika institutida respublikamiz miqyosida ilk bor tashkil etilgan VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivalining ikkinchi kuni Buxoro shahridagi Imom al-Buxoriy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan tarixiy Qozi Kalon ustaxonasida davom etdi.

➡️Tadbir davomida xalqaro mehmonlar ustaxonaning o‘ziga xos faoliyati, bu yerda yaratilayotgan ijodiy namunalar hamda talabalarning amaliy ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv jarayonida milliy hunarmandchilik an’analari, yoshlarning ijodiy salohiyati va tarixiy merosni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Tashrif mehmonlarga Buxoroning boy madaniy merosi, ijodiy muhiti va yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Festivalning ushbu qismi adabiyot, san’at, hunarmandchilik va ta’limni o‘zaro bog‘lovchi muhim madaniy muloqot maydoniga aylandi.Tadbir yakunida Buxoro davlat pedagogika instituti tomonidan xalqaro mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar turkiy davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ijodkorlar hamkorligini rivojlantirish hamda kelajak avlodga bebaho madaniy merosni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 4
More from @bukhspi
  1. Oct 11, 2026Sport musobaqalari jadvali e’lon qilindi! 👍 Buxoro davlat pedagogika institutida “Besh ta…
  2. Oct 11, 2026https://uza.uz/uz/posts/adabiyot-xalqlarni-birlashtiruvchi-koprik_920310
  3. Oct 10, 2026📹 Бухоро давлат педагогика институтида Бухоро вилояти ҳокимининг ёшлар сиёсати, ижтимоий…
  4. Oct 10, 2026Таълим тизимидаги ҳамкорлик ва устувор вазифалар муҳокама қилинди Бухоро давлат педагогика…
  5. Oct 10, 2026🌟 O‘ZBEKISTON KUBOGI | ERKAKLAR O‘RTASIDA Toshkent shahrida davom etayotgan voleybol bo‘y…
  6. Oct 10, 2026🎙 🟥🟥🟥 ✅ VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali doirasida Xalqaro turkiy muallifl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →