TGViewer
BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal BuxDPI Yoshlar ittifoqi | Rasmiy kanal @buxdpi · 2.57K subscribers
Post #22492 343

Forwarded from BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI

Buxoro davlat pedagogika institutida respublikamiz miqyosida ilk bor VII Turk dunyosi adabiyot va kitob festivali bo‘lib o‘tdi.

👍 Nufuzli xalqaro festivalda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Vengriya hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.Festivalning ochilish marosimida institut rektori Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich so‘zga chiqib, tadbirning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash, mushtarak tarix va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etishdagi ahamiyatini ta’kidladi hamda mehmonlarni samimiy qutladi.

➡️ TTadbir davomida Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi raisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi, shoir Xəyal Rza, Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov, Xalqaro turkiy mualliflar ittifoqi vakili, turkiyalik yozuvchi va shoir Mahmut Özkoca hamda Xalqaro turkiy mualliflar birligi koordinatori Ayten Qurbanova o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etib, festivalning turkiy xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladilar.Festival doirasida institutning “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan she’riyat kechasi esa tadbirga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Unda shoirlar Mahmut Özkoca va Behruz Nifteliyev o‘z ijod namunalarini taqdim etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Mazkur adabiy uchrashuv turkiy xalqlarning mushtarak ma’naviy merosi, adabiyotga bo‘lgan muhabbati va ijodiy hamkorligini namoyon etgan mazmunli muloqot maydoniga aylandi.


Mazkur festival turkiy xalqlarning boy adabiy merosi va mushtarak qadriyatlarini keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro adabiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.

👍🟥🟥🟥🟥🟥🟥

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • ❤ 1
  • 👏 1
More from @buxdpi
  1. Oct 11, 2026Channel photo updated
  2. Oct 11, 2026#OTMYetakchilari 🎓 OTM yetakchilar forumi — yosh liderlarni birlashtiruvchi makon! 🙋‍♂️…
  3. Oct 11, 2026Post #22502
  4. Oct 10, 2026🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 🌸 Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi 👍 👍 Buxoro d…
  5. Oct 10, 2026#TANLOV “Islohotlar bilimdoni” — respublika ko'rik-tanlovi! 📣 Oliy ta’lim, fan va innovat…
  6. Oct 10, 2026#OTMYetakchilari 🎓 OTM yetakchilar forumi — yosh liderlarni birlashtiruvchi makon! 🙋‍♂️…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →