“Til bilimdonlari” tanlovida faxrli 1-o‘rin!
🇺🇿 O‘zbek tiliga bo‘lgan yuksak ehtirom, chuqur bilim va izlanishlar samarasi yana bir bor munosib e’tirof etildi!
📚 Buxoro davlat universitetida “Til bilimdonlari” respublika tanlovining Buxoro viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i ijrosi doirasida tashkil etilib, davlat tilining nufuzini oshirish, yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, bilimli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
🥇 Quvonarlisi, tanlovning hududiy bosqichida Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Hayitova Dilruh faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
🇺🇿 Tanlov nizomiga muvofiq, hududiy bosqich g‘olibi respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
👍 Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Hayitova Dilruhni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Respublika final bosqichida ham omad, yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Ona tilimiz ravnaqi yo‘lidagi izlanishlaringiz bardavom bo‘lsin!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #60760
1.26K

- 👍 4
- ❤ 3