TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.43K subscribers
Post #60832 1.07K
Yangi ilmiy marraga erishildi: Scopus bazasidagi maqolalar soni 2026-yilda 200 taga yetdi!

👍 Buxoro davlat pedagogika instituti olimlarining ilmiy salohiyati xalqaro miqyosda yuksalishda davom etmoqda.

➡️Institutning 2026-yilda Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan maqolalar soni 200 taga, institutning Scopus profilidagi umumiy maqolalar soni esa 482 taga yetdi. Bu institut ilmiy faoliyatining xalqaro e’tirofi va izchil rivojlanayotganining yana bir muhim ko‘rsatkichidir. (https://www.scopus.com/)

✅ Scopus bazasida indekslangan ilmiy maqolalar, ularga berilgan iqtiboslar, xalqaro hammualliflik darajasi hamda h-indeks ko‘rsatkichlari oliy ta’lim muassasasining xalqaro akademik reytinglardagi o‘rnini belgilovchi asosiy mezonlardan sanaladi.

🔗 Scopus profilidagi maqolalar ro‘yxati bilan tanishing:
🔴 Buxoro davlat pedagogika institutining Scopus profili

🤝 Institutimiz olimlarini navbatdagi ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va ularga yangi ilmiy zafarlar tilaymiz!


✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👏 4
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 🔥 2
More from @bukhspi
  1. Oct 13, 2026Maktab o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda Olot tumanidagi 2-u…
  2. Oct 13, 2026photo post
  3. Oct 13, 2026🟥🟥🟥 Ma’rifat va hayotiy tajriba uyg‘unligidagi samimiy uchrashuv 🤩 Xabar berganimizdek…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →