TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.43K subscribers
Post #60823 717
🟥🟥🟥

Ma’rifat va hayotiy tajriba uyg‘unligidagi samimiy uchrashuv


🤩 Xabar berganimizdek, ayni paytda Peshku tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

✅ Tadbir doirasida Zikrillo Nematov — “Do‘stlik” ordeni sohibi, “A’lo xizmatlari uchun”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”, “Ichki ishlar organlarining faol faxriy xodimi” hamda “I darajali Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari sohibi bilan maktab o‘quvchilari ishtirokida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida Zikrillo Nematov o‘quvchilar bilan yaqindan tanishib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi hamda hayotiy tajribasi, faoliyati va ibratli qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat jarayonida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ilm-ma’rifatga intilishni kuchaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va oldiga aniq maqsadlar qo‘yishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat va insoniy fazilatlarni kamol toptirish yuzasidan mazmunli fikrlar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, hayotiy saboq va tajribalardan xulosa chiqarish, ezgu maqsadlar sari intilish hamda ma’naviy barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @bukhspi
  1. Oct 13, 2026Maktab o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda Olot tumanidagi 2-u…
  2. Oct 13, 2026photo post
  3. Oct 13, 2026Yangi ilmiy marraga erishildi: Scopus bazasidagi maqolalar soni 2026-yilda 200 taga yetdi!…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →