Maktab o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda
Olot tumanidagi 2-umumta’lim maktabida Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari boshchiligida yoshlar tarbiyasi, ma’naviy kamoloti va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
📚 Tadbirlar doirasida “Shuhrat” medali sohibi, “Oltin qalam” va “E’tirof” tanlovlari sovrindori, shoir, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.Muloqot davomida o‘quvchilar adabiyot va ijod olami, hayotiy tajriba, kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni hamda ezgu maqsadlar sari intilish xususida qimmatli fikrlar bilan tanishmoqda. Bunday uchrashuvlar yosh avlodning tafakkurini boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.Shuningdek, maktab hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu amaliy tashabbus yoshlarni tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni asrash va obod maskanlar yaratishga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
✨ Ma’rifat, ijod va ezgu tashabbuslarni uyg‘unlashtirgan bunday tadbirlar yoshlarning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi, jamiyat hayotida faol va mas’uliyatli o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #60838
1.24K










- ❤ 1
- 👍 1