TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.44K subscribers
Post #60945 865
“Besh tashabbus olimpiadasi”: Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida sport bellashuvlari!

👍 Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda talabalarning jismoniy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari o‘rtasida guruhlararo fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar yengil atletika, futbol, basketbol, voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha tashkil etildi. Bellashuvlarda talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, tezkorligi, texnik mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.

⚽️Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqalarda jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va qat’iyatni namoyish etdilar. Jamoaviy sport turlarida o‘zaro hamkorlik va birdamlik muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yengil atletika hamda stol tennisi bahslarida ishtirokchilarning tezkorligi, aniqligi va individual mahorati sinovdan o‘tdi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 🔥 1
More from @bukhspi
  1. Oct 13, 2026Buxoroda Ozarbayjonshunoslik markazi o‘z faoliyatini boshladi Buxoro shahrida o‘tkazilayot…
  2. Oct 13, 2026#besh_tashabbus “Ma’rifat ulashib”: adiblar talabalar turar joyidagi tashabbuslar bilan ta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →