TGViewer
BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI BuxDPI • БухГПИ • BukhSPI @bukhspi · 8.44K subscribers
Post #60972 614

Forwarded from Bahodir Ma’murov

Buxoroda Ozarbayjonshunoslik markazi o‘z faoliyatini boshladi

Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan “Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari” doirasida Buxoro davlat universiteti Tarix fakultetida buyuk ozarbayjon mutafakkiri Yusuf Qorabog‘iy nomidagi Ozarbayjonshunoslik markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👍 Tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich ham ishtirok etdi. Ramziy lenta kesish marosimi orqali markaz rasman o‘z faoliyatini boshladi.Mazkur markazning tashkil etilishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki xalqning boy ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish, shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday tashabbuslar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, mushtarak qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
  • 👍 2
More from @bukhspi
  1. Oct 13, 2026#besh_tashabbus “Ma’rifat ulashib”: adiblar talabalar turar joyidagi tashabbuslar bilan ta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →