Ma’naviyat, avlodlar vorisiyligi va ekologik madaniyat uyg‘unligi
Xabar berganimizdek, ayni paytda Peshku tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy hamda ekologik yo‘nalishdagi qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
🇺🇿 Tadbirlar doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Najmiddin Turon (Ermatov) ishtirokida maktab o‘quvchilari bilan uch avlod uchrashuvlari va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Samimiy muloqotlar davomida yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va yuksak ma’naviy fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Uchrashuvlar yoshlarning hayotiy tajriba va ibratli fikrlardan bahramand bo‘lishi, ularning dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajak maqsadlarini belgilashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, davra suhbatlari orqali o‘quvchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularni faol, tashabbuskor va mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan masalalar muhokama qilinmoqda.Shu bilan bir qatorda, maktab hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari ham olib borilmoqda. Ushbu tashabbus orqali o‘quvchilarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda yashil hududlarni asrab-avaylash ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbirlar yosh avlodning ma’naviy kamolotini yuksaltirish, avlodlar o‘rtasidagi uzviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ekologik mas’uliyatli va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube









