Qizlar huquqi va kelajagi — jamiyat taraqqiyoti kafolati
👍 Buxoro davlat pedagogika institutida xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya kiritish” shiori ostida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir institut psixologi Sh. Zuhurova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Karomova hamda fakultet tyutorlari hamkorligida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida o‘tkazildi.
Seminar davomida qizlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z huquqlarini anglash va himoya qilish, shuningdek, erta nikohning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qizlar ta’limi va huquqlarini qo‘llab-quvvatlash — jamiyat kelajagiga kiritilgan sarmoyadir!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱 Telegram |🌐 Veb-sayt | 📱 Instagram | 📱 You tube
Post #60870
905









- 🥰 2
- ❤ 1
- 👍 1
- 🤩 1