TGViewer
Boshqaruv samaradorligi agentligi Boshqaruv samaradorligi agentligi @bsa_uz · 70.2K subscribers
Post #21349 3.22K
Jalaquduq, Marhamat, Asaka va Andijon tumanlaridagi adir yerlarini iqtisodiy aylanmaga kiritish bo‘yicha yangi choralar belgilandi.

Alohida “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, bahorgacha 4-5 ming gektar maydonga suv chiqarish va shaftoli, gilos, o‘rik, olxo‘ri kabi sanoatlashgan bog‘larni barpo etish boshlanadi. Bog‘lar uch yil parvarishlanib, aholiga tayyor holda taklif qilinadi.

Ushbu maqsadga 30 million dollar, adirlarga suv chiqarish uchun esa 200 milliard so‘m ajratiladi.

Viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning hozircha 16 foizi qayta ishlanayotgani qayd etildi. Kichik uskunalarni aholiga lizingga berish va tuman brendlarini yaratish orqali bu ko‘rsatkichni 30 foizga, eksportni 500 million dollarga yetkazish mumkin.

Meva-sabzavotchilikda “gektardan – maksimal qiymat” tamoyiliga o‘tiladi. Kichik qayta ishlash uskunalarini lizingga berish uchun 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Baliqchida 5 gektarda tashkil etilgan issiqxona loyihasi respublika bo‘ylab ommalashtiriladi. Bunga 300 milliard so‘m, shu jumladan, Andijonga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
More from @bsa_uz
  1. Sep 26, 2026Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etila…
  2. Sep 26, 2026Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni O‘zbekis…
  3. Sep 25, 2026Namanganda “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovi g‘oliblari taqdirla…
  4. Sep 25, 2026Namanganda “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovi yakunlandi ▫️Videor…
  5. Sep 25, 2026Namanganda “Men tanlagan kasb” yoshlar sayli tashkil etildi Namangan shahridagi “Yoshlar s…
  6. Sep 25, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →