Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi jamoasi sohaning barcha vatanparvar, fidoyi, jonkuyar, professional xodimlarini, faxriylarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlashdan tortib, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, jamiyat osoyishtaligi, qolaversa, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi xizmatlaringiz e’tirofga munosib.
Mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va milliy manfaatlarimizni himoya qilish yo‘lida Sizlarga mustahkam sog‘liq, metin iroda, oilaviy xotirjamlik tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
Post #21399
4.75K
