TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Boshqaruv samaradorligi agentligi

Boshqaruv samaradorligi agentligi

@bsa_uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/BSA.pressa/

Instagram: https://www.instagram.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
Subscribers
70.2K
Photos
15K
Videos
3K
Links
9.8K
Recent Posts 8 shown
Post #21277 7.32K
Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim joriy etiladi

▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Post #21273 6.56K
ICT Week doirasida HR-ekotizim raqamli platformalari taqdimoti o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda yurtimizda o'tkazilayotgan ICT Week tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining inson resurslarini boshqarish sohasidagi zamonaviy raqamli platformalari ham ishtirokchilarga taqdim etilmoqda.

Taqdimot davomida platformalarning davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, vakansiyalarni boshqarish, xodimlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda HR jarayonlarini yanada samarali va shaffof tashkil etishdagi imkoniyatlari namoyish etilmoqda.

Platformalarning amaliy imkoniyatlari, qulayligi va HR jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi yechimlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bunday tadbirlar zamonaviy davlat boshqaruvida inson kapitalidan samarali foydalanish, ilg‘or yondashuvlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish hamda amaliyotga yangi raqamli yechimlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Post #21272 8.72K
Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar "dmi.mehnat.uz" axborot tizimida nodavlat tashkilotlar uchun ixtiyoriy ravishda foydalanish maqsadida qarorning 3-bandida nazarda tutilgan imkoniyatlarni yaratishi belgilandi.

👍Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga doir murojaatlar, ularni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash hamda ularning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor etilishi va tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan javobgarlik barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatildi.

👍 Yangi tartibga muvofiq,

▫️davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va mansabdor shaxslari har yili Agentlik bilan kelishilgan o‘quv dasturlari asosida qisqa trening kurslarida o‘qitiladi;

▫️nodavlat tashkilotlari xodimlari ixtiyoriy ravishda vazirlik tomonidan tashkil etiladigan qisqa trening kurslarida o‘qitilishi mumkin.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Post #21271 21.5K
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi

“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.

👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:

Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va tashkilotlari uchun quyidagi imkoniyatlarga ega “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali (Portal) ishga tushiriladi:

▪️axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga oid murojaatni onlayn qabul qilish;

▪️davlat organlari va tashkilotlarida Portalni yuritish uchun mas’ul xodimlar (mas’ul xodimlar), ularning bevosita rahbarlari yoki davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlarni avtomatik tarzda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori turuvchi instansiyasiga jo‘natish;

▪️tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlarni tekshirish, dalillarni to‘plash, xulosalar tayyorlash, axborot almashinuvi va muloqotlarni Portal orqali amalga oshirish;

▪️tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishi, ularning natijalari, ko‘rilgan choralar hamda ularning o‘zgartirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga oid ma’lumotlarni Portalda saqlab qolish va ularning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;

▪️tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan hollarda murojaatlarni “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organga yuborish va boshqalar.

👍Agentlikka davlat organlari va tashkilotlarida Dastur doirasida belgilangan qoidalar aniq va bir xilda ijro etilishini ta’minlash maqsadida Portal orqali monitoring qilish natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Post #21270 3.93K
Davlat xizmatchilarining uzluksiz malaka oshirish tizimi rivojlantirilmoqda

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi hamda Prezident farmonlarida belgilangan vazifalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda uning hududiy filiallarida 5 646 nafar davlat xizmatchisi turli yo‘nalishlarda malaka oshirdi.

Ular orasida Salohiyatli va Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari mavjud.


Shuningdek, Agentlikning edu.bsa.uz masofaviy ta’lim platformasi takomillashtirilib, davlat xizmatchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishida samarali vositaga aylandi.

Bugungi kunga qadar platformada:

➡️193 813 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan;
➡️674 mingdan ortiq elektron sertifikat taqdim etilgan;
➡️ 2026-yil boshidan buyon 9 ta onlayn kurs orqali 63 ming nafardan ortiq tinglovchi malaka oshirdi.


#Samaradorlik #Strategiya2030

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Post #21263 5.36K
Yaponiya tajribasi: inson resurslari menejmenti orqali boshqaruv samaradorligini oshirish

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan "Davlat boshqaruvida inson resurslari menejmenti" (Governmental Human Resource Management) mavzusidagi xalqaro o'quv-amaliy dastur — Bilim yaratish hamkorligi dasturi (Knowledge Co-Creation Program) tashkil etildi.

Unda turli mamlakatlarning davlat organlari vakillari, jumladan Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili ishtirok etib, davlat xizmatida kadrlarni tanlash, baholash, mukofotlash hamda malaka oshirish tizimlarini takomillashtirish bo'yicha Yaponiya tajribasini o'rgandi. Dasturda dunyoning 14 ta davlatidan kelgan davlat xizmatchilari qatnashdi.

Dasturdan Yaponiyaning davlat xizmati tizimi va uning tarixiy evolyutsiyasi, Milliy kadrlar boshqarmasi (NPA) faoliyati va uning mustaqil maqomi, davlat xizmatchilarini tanlash va ishga qabul qilish mexanizmlari, ish faoliyatini baholash tizimi, mehnat sharoitlari va ijtimoiy ta'minot, davlat xizmati odob-axloq kodeksi hamda intizomiy javobgarlik tizimi, shuningdek malakali kadrlarni saqlab qolish (retention management) bo'yicha zamonaviy yondashuvlar kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.

Sidzuoka prefekturasidagi Fudzi shahar hokimligida muhandis-texnik xodimlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish tizimi, "Cybozu Inc." kompaniyasida moslashuvchan mehnat siyosati orqali amalga oshirilgan islohotlar bilan bevosita tanishildi.

Bu kabi xalqaro dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish uchun muhim tajriba maydoni bo'lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Older posts →

About this channel

How can I read @bsa_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Boshqaruv samaradorligi agentligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Boshqaruv samaradorligi agentligi have?
Boshqaruv samaradorligi agentligi (@bsa_uz) has 70.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Boshqaruv samaradorligi agentligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →