TGViewer
Boshqaruv samaradorligi agentligi Boshqaruv samaradorligi agentligi @bsa_uz · 70.2K subscribers
Post #21270 3.91K
Davlat xizmatchilarining uzluksiz malaka oshirish tizimi rivojlantirilmoqda

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi hamda Prezident farmonlarida belgilangan vazifalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda uning hududiy filiallarida 5 646 nafar davlat xizmatchisi turli yo‘nalishlarda malaka oshirdi.

Ular orasida Salohiyatli va Istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari hamda kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlari mavjud.


Shuningdek, Agentlikning edu.bsa.uz masofaviy ta’lim platformasi takomillashtirilib, davlat xizmatchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishida samarali vositaga aylandi.

Bugungi kunga qadar platformada:

➡️193 813 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan;
➡️674 mingdan ortiq elektron sertifikat taqdim etilgan;
➡️ 2026-yil boshidan buyon 9 ta onlayn kurs orqali 63 ming nafardan ortiq tinglovchi malaka oshirdi.


#Samaradorlik #Strategiya2030

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
More from @bsa_uz
  1. Sep 22, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i…
  2. Sep 22, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqboll…
  3. Sep 22, 2026Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim j…
  4. Sep 22, 2026ICT Week doirasida HR-ekotizim raqamli platformalari taqdimoti o‘tkazilmoqda Ayni kunlarda…
  5. Sep 22, 2026Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim j…
  6. Sep 22, 2026Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etila…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →