Namanganda “Men tanlagan kasb” yoshlar sayli tashkil etildi
Namangan shahridagi “Yoshlar saylgohi”da yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kelajak kasbini ongli tanlashiga ko‘maklashish maqsadida “Men tanlagan kasb” yoshlar sayli tashkil etildi.
Tadbir Islohotlar shtabi, Namangan viloyati hokimligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari hamkorligida tashkil etilib, yoshlarni turli kasb va faoliyat yo‘nalishlari, davlat xizmatidagi imkoniyatlar hamda zamonaviy mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sayl doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning “Vatanparvarlik” ko‘rgazmasi, shuningdek, davlat organlari, tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini namoyish etuvchi “Kasblar va mehnat yarmarkasi” tashkil qilindi.
Unda yoshlarga kasbiy rivojlanish imkoniyatlari, turli sohalardagi faoliyat yo‘nalishlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, o‘z qiziqish va salohiyatiga mos kasb tanlash yuzasidan zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Bugungi jadal islohotlar sharoitida bilimli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan va yuqori kasbiy salohiyatga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intilishlarini aniq maqsad va natijalarga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
Post #21384
4.78K



