Namangan viloyatida iqtidorli, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega istiqbolli davlat xizmatchilarini aniqlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda davlat xizmatida kasbiy mahorat va natijadorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Tadbir Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida o‘tkazildi. Unda Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul vakillari, tanlov komissiyasi a’zolari, xorijiy ekspertlar, tanlov g‘oliblari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, Tanlovning test, esse va yakuniy suhbat bosqichlari orqali nomzodlarning bilim va salohiyati izchil baholandi. Yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 100 nafar nomzod tanlov g‘olibi sifatida e’tirof etildi.Tanlov natijalariga ko‘ra aniqla gan go‘liblar tantanali tadbirda taqdirlandi:
1-o‘rin — Sadriddinov Alyorbek, Norin tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori.
2-o‘rin—Yo‘ldashev Otajon, Namangan viloyati adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi.
3-o‘rin—Tojibayeva Malika, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Norin tumani bo‘limi rahbari.
Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari bilan kelgusida individual rivojlanish dasturlari asosida tizimli ishlar olib boriladi. Ularni milliy kadrlar zaxirasiga kiritish, kasbiy salohiyatini izchil rivojlantirish hamda rahbarlik lavozimlariga tayyorlash bo‘yicha manzilli choralar ko‘riladi.
Namangan viloyatida Islohotlar shtabi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar hududda inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega, tashabbuskor hamda natijaga yo‘naltirilgan kadrlar korpusini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa









