TGViewer
Channel Public Channel
Şokir Tursun qaraşlari

Şokir Tursun qaraşlari

@birgap

Şokir Tursunning şaxsiy telegram kanali.

Izoh yoza oliş uçun bu guruhga qöşiling:
https://t.me/+OqHqsY_POQtkY2Iy

Fikr yuritiladigan mavzular:
Til öqitish metodikasi
Ona tili va öqiş savodxonligi darsliklari
Ona tili darsliklari
Ta'lim
Subscribers
5.45K
Photos
925
Videos
151
Links
1.1K

Showing posts older than #3690 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #3687 5.39K
Mana shu aʼzoning nomi qushtomoq.

Rus tilida кадык deyiladi. Кадык ham turkiy soʻz ekan, boʻrtib turgan qattiq narsa maʼnosini berarkan.

@birgap
  • 👍 24
  • ❤ 8
  • 😁 6
  • 🔥 1
Post #3685 5.43K
Şokir Tursun qaraşlari Qay biri toʻgʻri?
Qirchiningda qiyilgur – yoshlik paytingdayoq oʻlib ket maʼnosidagi qargʻish.

Qirchin – nihol, navqiron maʼnolarini beradi. Yaʼni nihol paytingdayoq qirqib tashlashsin degani boʻladi.

Biz bu qargʻish oʻrnida juvonmarg boʻlgur deymiz. Juvonmarg tojikcha soʻz: juvon – yosh; marg – oʻlim.

P.S. qirchiningdan qiyilgur boʻlsa, maʼno chiqmay qoladi.

@birgap
  • 👍 18
  • 😱 9
  • ❤ 8
  • 🔥 1
Post #3684 4.93K
  • 😁 17
  • 🤩 6
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • 😢 2
Post #3682 5.2K
Iya, mana bu odam nimalar deyapti? Shunaqayam gapiradimi, tovba!

Imtiyoz beriladi deyildi, beriladi-da qachondir. Vahima qilish shartmi?

@birgap
  • 🤣 61
  • 😁 18
  • 👍 1
Post #3679 4.61K

Forwarded from BilimEra

"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi 2-darsi materiallariga 1-dars asosida test savollari joylandi. Kurs tinglovchilari platformaga kirib, 2-dars boshlangunga qadar 1-dars bo'yicha o'z bilimlarini tekshirib ko'rishlari tavsiya qilinadi.
  • ❤ 4
  • 👍 4
Post #3678 5.08K
Garchi ona tili va adabiyot oʻqituvchisi boʻlsam ham xato qilaman yoki ikkilanaman. Ana shunday paytda Orif akaning soʻz, tahrir va savodxonlikka bagʻishlangan kanali – Orif Tolibni ochib, kerakli soʻzni qidiraman. Orif aka yaxshi muharrir boʻlganidan oʻsha ikkilanayotgan soʻzimni qanday ishlatganini kuzataman. Odatda kanalda deyarli hamma muammoli oʻrinlarga javob topaman.

Sizlarga ham tavsiya qilaman.

P.S. bu kanal ona tili grammatikasi boʻyicha emas, savodxonlik boʻyicha

@birgap
Telegram Orif Tolib Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.
  • 👍 33
  • ❤ 6
  • ❤‍🔥 6
  • 👌 1
Post #3677 3.58K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

2026-yil yanvar oyidan maktablarda yana lavozimlar qisqaradimi?

Joriy yil yanvar oyidan boshlab yana ayrim lavozimlarni qisqartirish evaziga boshqa maktablar uchun ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun vakansiyalar ochiladi.

Xo’sh, yana qaysi lavzomilar qisqaradi?

"Ta’lim tahlili" ko‘rsatuvimizning 2-sonida hali hech qayerda e’lon qilinmagan ma’lumotlarni taqdim etilgan. Unda aynan qaysi lavozimlar qisqarishi haqida ham ma'lumot berilgan.

▶️ Video davomi — https://youtu.be/UPdDN9sUAXY

Telegram l Instagram l YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 2
Post #3675 3.1K

Forwarded from Xalq ta’limi Info

#Sõragan_edingiz

Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?

Savol

Maktabda sentabr oyida 45 soat dars bor edi. Maktabda 4 nafar o‘qituvchi bor edi, shundan 1 nafar xodimning ikkinchi malaka toifasi, qolgan 3 nafarida toifa yo‘q edi.

Sentabr oyidagi pedagogik kengash qaroriga binoan toifasi bor o‘qituvchi 19 soat, 2 nafar o‘qituvchi 9 soat va 1 nafar o‘qituvchi 8 soat dars bilan ta’minlandi.

Joriy yilda, avgust-dekabr oyida yana bir nafar xodim attestatsiyaga qatnashib, ikkinchi malaka toifasini oldi. Yanvar oyidagi dars taqsimotida yangi toifa olgan xodim sertifikatiga binoan ko‘proq dars talab qila oladimi? Agar talab qilsa, qancha dars so‘rashga haqli?

Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1441

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
  • ❤ 7
  • 👍 2
Post #3673 3.7K
Şokir Tursun qaraşlari Yaxshi, unda shu yerga roʻyxat qilib boraman. "Mutolaa" ilovasida oʻqilganlar 1. Agata Kristi "Oʻnta negr bolasi" ✔️ 8/10 2. Farid Zakariyo "Erkin taʼlim himoyasida" ✔️ 7/10 3. Hans Rosling "Factfulness" ❌ 4. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" (nasriy bayoni)…
Chorlov boʻyicha 20 kunlik hisobotni eʼlon qilib qoʻyay:

"Mutolaa" ilovasida oʻqilganlar:
1. Agata Kristi "Oʻnta negr bolasi" ✔️ 8/10
2. Farid Zakariyo "Erkin taʼlim himoyasida" ✔️ 7/10
3. Hans Rosling "Factfulness" ❌
4. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" (nasriy bayoni) ▶️
5. Jeyms Klir "Atom odatlar" ✔️ 8/10
6. Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar" ✔️ 9.5/10
7. Devid Bax, Jon Devid Mann "Latte omili" ▶️

Qogʻozda oʻqilganlar:
1. Baxtiyor Abdugʻafur "Azal muhri" ▶️

Demak, jami 4 ta kitob toʻliq tugadi. 3 tasi oʻqilmoqda. "Factfulness" asarini boshladim, ammo tugata olmadim, menga yondashuv yoqmadi, oʻqiy olmadim. Oʻqimoqchi ham emasman. "Lison ut-tayr" esa ancha ogʻir asar. Hamon tugata olmadim.

"Yulduzli tunlar" juda yoqdi. Maza qilib oʻqidim. "Atom odatlar" ham yoqdi. Faqat muallif sal choʻzib yuborgan ekan. Fikrlar takrori koʻp. "Azal muhri" esa juda ajoyib. Juda ham yoqtirib oʻqiyapman. "Erkin taʼlim himoyasida" asaridagi gʻoya menga juda tanish. Barcha maktab va universitet rahbarlari, oʻqituvchilar, vazirlik tizimidagilar oʻqib qoʻyishi kerak.

@birgap
  • 👍 17
  • ❤ 8
  • 🥰 1
Post #3672 3.73K
Negadir Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi saytidagi muhokamaga qoʻyilgan spetsifikatsiyalar yoʻqolib qoldi.

Yoki muhokama tugadimikan?

@birgap
  • 😁 14
  • 🤔 5
  • 👍 3
Post #3670 4.32K
BilimEra Hurmali ustozlar! Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik. Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars…
Bepul jonli darsimiz boshlandi.

@birgap
  • ❤ 7
  • 👍 2
Post #3669 4.07K

Forwarded from BilimEra

Hurmali ustozlar!

Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik. Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz mumkin. Darsga BilimEra platformasi orqali yoki Zoom dasturi orqali kirishingiz mumkin. Dars materiallari bilan faqat platforma orqali tanishish mumkin.

Platforma orqali jonli darsga kirish va dars materiallari bilan tanishish uchun yo'riqnoma - bu yerda.

Darsning Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87052195080

Kursning keyingi darslarda qatnashish va kurs materiallaridan to'liq foydalanish uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'ladi.
  • ❤ 6
  • 👍 4
Post #3668 3.36K
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #3665 4.29K

Forwarded from BilimEra

Birinchi darsimizning boshlanishiga 7 soatcha vaqt qoldi. Jonli darsga qo'shilish uchun:

1. Platformaga (https://bilimera.uz) o'z akkauntingiz (elektron pochta va parolingiz) bilan kirasiz. Buning uchun istalgan qurilmaning (kompyuter, planshet, mobil telefon) brauzeridan foydalanishingiz mumkin. Dars paytida namoyish qilinadigan taqdimotlarni o'qish qulay bo'lish uchun kompyuter yoki noutbukdan kirishni tavsiya qilamiz.

2. "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursiga kirasiz.

3. 1-dars materiallari ro'yxatidan "1-ma'ruza (jonli efir)" ustiga bosasiz.

Eslatib o'tamiz, kursning jonli darslari seshanba va juma kunlari soat 19:30da boshlanadi. Siz o'zingizga qulay boshqa paytda ham o'z akkauntingiz bilan platformaga kirib, dars materiallarini o'qishingiz, testlarni ishlashingiz va jonli darslarning yozuvini qayta ko'rishingiz mumkin. Masalan, bugun dars boshlanishiga qadar ham 1-darsning materiallari bilan tanishib chiqishingiz yoki (agar hali ishlab ko'rmagan bo'lsangiz) diagnostik test yordamida o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin.

Kurs haqida ma'lumot - bu yerda va bu yerda.

BilimEra platformasida ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.

Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.

Bu yerda esa kurs nega Telegram orqali emas, maxsus platforma (LMS) orqali tashkil qilinayotgani haqida o'qishingiz mumkin.

Tajribali pedagog va taqdiqotchi Shokir Tursun bilan pedagogik mahoratingizni oshiring va attestatsiyaga tayyorlaning!
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #3663 3.36K
Post #3660 3.27K

Forwarded from WordBridge

#book
#kitob

"Talaba"ni tugatganim haqidagi postni ko‘rgan bir tanishim o‘ta motivatsion asar emasmikan, ishqilib deb so‘rab qoldi. Aslida kitobning nomidan o‘zim ham biror muvaffaqiyatga erishib qo‘ygan odamning mehnatkashligini maqtab o‘zingni aybdor, ishyoqmas-dangasa his qildiradigan asarlardan biri bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Biroq o‘qishni boshlagach xato o‘ylaganimni tushundim.

Tara Vestover maktab ta’limini ko‘rmagan, mormonlar jamiyati vakili bo‘lishiga qaramay universitet talabasi bo‘ladi, magistraturani Kembridjda o‘qiydi va doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Ma’lumot o‘rnida mormonlar zamonaviy jamiyatlar qulab, oxirzamon kelishiga, Isoning qaytishiga ishonadigan va bunga pul, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat g‘amlab tayyorlanadigan, zamonaviy dunyo qulayliklarini rad etadigan, maktab ta’limi va tibbiyotdan foydalanmaydigan kishilardir.

Kitob nomini va Taraning muvaffaqiyati haqidagi bu qisqa ma’lumotni eshitgan har bir kishi asarni qahramonning qanday qilib shunday konservativ jamiyatdan chiqib ketolgani, qanday qiyinchiliklarni ko‘rib o‘qigani, ilm yo‘lida nimalar qilgani haqida deb o‘ylashi tabiiy. Lekin uni o‘qiganingiz sari aslida bu narsalar haqida emasligiga guvoh bo‘lasiz.

Voqealarni bayon qilar ekan, Tara hatto bakalavrda o‘qib yurgan kezlarida ham otasining qarashlarini eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblagani, zamonaviy dunyoqarash bilan yashaydigan dugonalarini shaytonning vakillari deb hisoblaganini yozadi. Asarda u qancha ko‘p dars qilgani, qanday qiyinchiliklarga duch kelganiga deyarli to‘xtalmaydi. U asosan o‘zi va ota-onasi, akasi Shon va opasi Odri o‘rtasidagi munosabatlar, akasi tomonidan unga yetkazilgan jismoniy va ruhiy jarohatlar, ota-onasining unga ishonmasligi, va ishonchsizlik ortidan qanday qilib shaxsiyati ikkiga ajralgani haqida yozadi.

G‘ishtin devorli Kembrijning talabasi bo‘lgan bu qiz doimo o‘zini zamonaviy dunyoga munosib emasdek his qiladi, ichidagi bir qiz haliyam konservativ, xunuk va didsiz mormon qizi bo‘lib qolaveradi, qaror qabul qilishga kelganda doim shu ikki shaxsiyat orasida kurash ketadi. U oilasini birlashtirishga, ota-onasining ishonchini qozonishga, akasini to‘g‘ri yo‘lga solishga ko‘p harakat qiladi. harakati besamar ketgan paytlarda esa o‘zi yashayotgan yangi dunyoning vakili bo‘lishga, oilasining ta’siridan chiqib ketishga urinadi va alaloqibat u buni uddalaydi. Tara doktorlik dissertatsiyasini qila olgani uchun "talaba" emasdi, o‘z o‘tmishidan qochib qutula olgani, o‘sha ikki shaxsiyatdan birini yenga olgani uchun ham "talaba" edi.

Muallif asarni shunday yakunlaydi: "Siz bu o‘zgarishni istagancha atashingiz mumkin. Transformatsiya, Metamorfoza, Soxtalik, Xiyonat. men esa buni ta’lim deb atayman."

©️ Maftuna Aliyeva
  • ❤ 15
  • 🔥 5
  • 🥰 5
  • 👍 2
Post #3657 3.09K

Forwarded from BilimEra

2 kun qoldi: 20 yanvar kuni "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursiga start beramiz! Ungacha esa siz kurs dasturi bilan tanishingiz va bepul diagnostik testni ishlab ko'rishingiz mumkin.

Kurs haqida ma'lumot - bu yerda va bu yerda.

BilimEra platformasida ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.

Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.

Bu yerda esa kurs nega Telegram orqali emas, maxsus platforma (LMS) orqali tashkil qilinayotgani haqida o'qishingiz mumkin.

Tajribali pedagog va taqdiqotchi Shokir Tursun bilan pedagogik mahoratingizni oshiring va attestatsiyaga tayyorlaning!
  • ❤ 2
  • 👍 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →