TGViewer
Şokir Tursun qaraşlari Şokir Tursun qaraşlari @birgap · 5.45K subscribers
Post #3673 3.7K
Şokir Tursun qaraşlari Yaxshi, unda shu yerga roʻyxat qilib boraman. "Mutolaa" ilovasida oʻqilganlar 1. Agata Kristi "Oʻnta negr bolasi" ✔️ 8/10 2. Farid Zakariyo "Erkin taʼlim himoyasida" ✔️ 7/10 3. Hans Rosling "Factfulness" ❌ 4. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" (nasriy bayoni)…
Chorlov boʻyicha 20 kunlik hisobotni eʼlon qilib qoʻyay:

"Mutolaa" ilovasida oʻqilganlar:
1. Agata Kristi "Oʻnta negr bolasi" ✔️ 8/10
2. Farid Zakariyo "Erkin taʼlim himoyasida" ✔️ 7/10
3. Hans Rosling "Factfulness" ❌
4. Alisher Navoiy "Lison ut-tayr" (nasriy bayoni) ▶️
5. Jeyms Klir "Atom odatlar" ✔️ 8/10
6. Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar" ✔️ 9.5/10
7. Devid Bax, Jon Devid Mann "Latte omili" ▶️

Qogʻozda oʻqilganlar:
1. Baxtiyor Abdugʻafur "Azal muhri" ▶️

Demak, jami 4 ta kitob toʻliq tugadi. 3 tasi oʻqilmoqda. "Factfulness" asarini boshladim, ammo tugata olmadim, menga yondashuv yoqmadi, oʻqiy olmadim. Oʻqimoqchi ham emasman. "Lison ut-tayr" esa ancha ogʻir asar. Hamon tugata olmadim.

"Yulduzli tunlar" juda yoqdi. Maza qilib oʻqidim. "Atom odatlar" ham yoqdi. Faqat muallif sal choʻzib yuborgan ekan. Fikrlar takrori koʻp. "Azal muhri" esa juda ajoyib. Juda ham yoqtirib oʻqiyapman. "Erkin taʼlim himoyasida" asaridagi gʻoya menga juda tanish. Barcha maktab va universitet rahbarlari, oʻqituvchilar, vazirlik tizimidagilar oʻqib qoʻyishi kerak.

@birgap
  • 👍 17
  • ❤ 8
  • 🥰 1
More from @birgap
  1. Oct 7, 2026O‘qituvchi fenomeni – ularning ta’limdagi roli qanday bo‘lishi kerak? Xabaringiz bor, Gaze…
  2. Oct 6, 2026Mana, attestatsiya imtihonlariga ham oz qoldi. Nutqning kommunikativ sifatlari Ha, bu mavz…
  3. Oct 5, 2026Ushbu kitob attestatsiya testlariga shu mavsumdan qo'shildi. Bu yangi mavzular, yangi tush…
  4. Oct 4, 2026Sandiq jamoasi sizlar uchun yangi platforma ishga tushirdi. Endi attestatsiyaga xuddi atte…
  5. Oct 3, 2026Shok xabar o‘rtoqlar! Shanba kuni doim global qarorlar eʼlon qilinari o‘zi: O‘zbekiston Re…
  6. Sep 28, 2026Nima qilasan qora rangda oq deb yozilgan bölsa! Minor – Zamonnoma @birgap
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →