Ipoteka-bank eng daromadli bo’ldi. Vaholanki, bir yil avval u zarar bilan ishlayotgan edi
Bankers.uz banklarning I chorak yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e’lon qildi.
Asosiy o‘zgarish — Ipoteka-bank OTP Group 846,4 mlrd so‘m sof foyda bilan yangi yetakchiga aylandi.
Ikkinchi o‘rinda 603,2 mlrd so‘m bilan NBU, uchinchi o‘rinda esa 550 mlrd so‘m bilan SQB.
Qizig‘i, Ipoteka-bank’ning hozirgi ko‘rsatkichi o‘tgan yilgidan 2 854 foizga yuqoridir.
Ha, aqlbovar qilmas raqamlar, biroq mana bu postni eslasak, ajablanarli joyi yo‘q — bank joyiga qaytmoqda.
U har doim ko‘p daromad qilgan, shunchaki xususiylashtirishdan so‘ng eski muammolarni “tozalash” bilan band edi, shu sababli, masalan, roppa-rosa bir yil avval 30 mlrd so‘m zarar ko‘rgandi.
Bu yil esa vaziyat tubdan o‘zgacha, shu bois bank foydaga kirib, qariyb 122 mlrd so‘m foyda solig‘ini to‘ladi.
Bu nafaqat bank uchun muhim, chunki O‘zbekiston yirik investorlarni jalb etishni istaydi.
Buning uchun esa chiroyli taqdimotlarning o‘zi yetarli emas, jonli dalillar ham kerak.
"Qarang, mana bitim, mana yangi egasi, mana murakkab qayta qurish, mana foyda" deyish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Shunda suhbat boshqacha, ancha ishchan tus oladi. Buning ortidan mamlakatga bo‘lgan munosabat ham o‘zgaradi.
Bularning barchasi uchun real keyslar kerak. Ipoteka-bank timsolida biz hozir ulardan birining paydo bo‘lishiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
@beshtorr
#banklar
Post #254
3.67K

- 👍 9
- ❤ 8