TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #244 4.07K
Uch yil o‘tgach: xususiylashtirilgan Ipoteka bank nima bo‘ldi

2023-yil o‘rtalarida OTP Group Ipoteka-bank’ni nazorat paketini sotib olgan edi.

O‘shandan buyon qariyb uch yil o‘tdi — bu haqiqiy o‘zgarishlarni ko‘rish uchun yetarli muddat.

OTP bankni haqiqatan ham o‘zgartirdi, faqat buni bosqichma-bosqich amalga oshirdi.

Birinchi bosqich: tozalash.

OTP’ga nafaqat mamlakatdagi eng yirik banklardan biri, balki ancha katta hajmdagi muammoli kreditlar ham qoldi.

Shu sababli bank birinchi navbatda kreditlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarini oshirdi.

Buning oqibatida xarajatlar keskin ko‘paydi va ular bilan birga bankning zarari ham ortdi.

Ya’ni bu shunchaki “omadsiz yil” emas, balki “tozalash” edi: bank eski xatarlarni oldindan tan olib, ularni balansdan chiqardi.

Ikkinchi bosqich: transformatsiya.

Risklar masalasi hal bo‘lgach, bankni qayta qurish vaqti keldi.

Aytish kerakki, ish keng ko‘lamli bo‘ldi: yangi rahbar, yangi IT-infratuzilma, yangi “core banking system”, yangi protsessing…

Bularning barchasi xarajatli, ammo samarali bo’ldi — bank nafaqat eski mijozlarni saqlab qolishga, balki yangilarini jalb qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Mana xususiylashtirishdan so‘ng yangi skoring, avtomatlashtirish va ma’lumotlar tizimlarning joriy qilish natijasi.

Uchinchi bosqich: o‘sishning boshlanishi.

Shu kunlarda OTP 2025-yil yakunlarini e’lon qildi va tozalash hamda qayta qurish ishlari o‘z samarasini bera boshlagani ayon bo‘ldi.

Masalan, chakana kreditlashda yana o‘sish kuzatildi: iste’mol kreditlari hajmi 19 foizga, ipoteka — 18 foizga, ishlayotgan kredit portfelining umumiy hajmi esa 10 foizga oshdi.

Ipoteka yo‘nalishi ham jonlandi: bir yilda ajratilgan yangi kreditlar hajmi qariyb 40 foizga o‘sdi, bankning O‘zbekiston ipoteka bozoridagi ulushi esa 22,6 foizga yetdi.

Qolaversa, o‘sish faqat kreditlarga tegishli emas. Omonatlar 4 foizga, umumiy kapital — 12 foizga, sof komission daromadlar esa 42 foizga ko‘paydi.

Bular bizning bozorimiz uchun yaxshi ko‘rsatkichlar, lekin eng muhimi bu emas.

Eng muhimi, Ipoteka-bank nafaqat raqamlarda, balki mohiyatan ham o‘zgarmoqda.

U yirik davlat loyihalari va kompaniyalariga tobora kamroq bog‘liq bo‘lib, bozor tamoyillariga asoslangan, texnologik va yanada insonga yaqin bankka aylanib bormoqda.

Bunga eng yaqqol misol — mijozlar sodiqligi indeksi (NPS) atigi bir yilda 28 foizdan 66,8 foizgacha ko‘tarilgani. Uch karra, Karl! Qo‘shimchalarga hojat yo‘q.

@beshtorr

#banklar
  • 👍 20
  • ❤ 8
  • 👎 4
  • 😁 4
  • 🔥 3
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →