TGViewer
Beshtor Beshtor @beshtorr · 3.05K subscribers
Post #235 2.96K
💲IT Park Ventures Smartup’ga $1 million sarmoya kiritdi.

Bu biznesni avtomatlashtirish uchun SaaS platformasi. Bozorda uni yaxshi bilishadi.

Qiziqarli bitim, chunki O‘zbekistonning texnologiya kompaniyalari o‘rtacha 75 ming dollar jalb qilsa, bu yerda birdaniga million dollar jalb etilmoqda.

IT Park Ventures uchun bu ikkinchi marta — o‘tgan yili fond Flex Soft kompaniyasiga xuddi shunday miqdorda sarmoya kiritgan edi.

Bu ikki bitim, aslida, juda o‘xshash, chunki Smartup ham, Flex Soft ham startap emas. Ular allaqachon to‘laqonli biznesga aylanib bo’lgan.

Shuning uchun ham bunday katta mablag‘ ajratilmoqda — pul ishga tushirish yoki bozor o‘zlashtirishga emas, balki O‘zbekistonda va undan tashqarida faoliyatni kengaytirishga.

Yaxshi signal — bizda shunday bitimlar paydo bo‘layotgani venchur sarmoyasi nafaqat startaplar, balki yetuk kompaniyalar bilan ham samarali ishlay olishini ko‘rsatmoqda.

@beshtorr

#startaplar
  • 🔥 16
  • 😁 1
More from @beshtorr
  1. Sep 8, 2026O‘zbekistondan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayerga uchish mumkin Dekabrda ilk bor Mavrikiyga to‘g‘r…
  2. Aug 25, 2026Buxoroda million dollarlik BPO kompaniya paydo bo‘ldi Amerikada trucking biznesi bilan shu…
  3. Aug 22, 2026Vou, Asterium O‘zbekistondan tashqariga chiqishga tayyorlanyapti Kompaniya BAA uchun xodim…
  4. Aug 18, 2026❗️Biz bilgan nasiya savdo endi bo‘lmaydi Prezident O‘zbekistonda bo‘lib-bo‘lib to‘lashni t…
  5. Aug 17, 2026🔥 Juda qiziqarli bitim. Uzoq muddatli natijalar bilan. Özbekistonda aksiyalar savdosi uçu…
  6. Aug 17, 2026⚡️ Paynet GoInvest’ni sotib olmoqda Bizga ma’lum bölişiça, Paynet’ning şöba korxonasi bölg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →