TGViewer
Channel Public Channel
@Baholash - Mandat

@Baholash - Mandat

@baholash

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari yoritib boriladi


🌐 Manba: www.uzbmb.uz | @BaholashUz
Subscribers
158K
Photos
351
Videos
177
Links
581
Recent Posts 20 shown
Post #934 12.9K
❗️Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 ming 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan.

Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 ming 317 nafar, 45%) tegishli. 14–17 yoshli 25 ming 112 nafar (33,9%) yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Ya’ni jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 ming 503 nafar qiz va 35 ming 599 nafar yigit foydalangan.

IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 ming 48 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT imtihoni bo‘yicha esa 9 ming 82 nafar yoshga xarajatlar (12,2 mlrd so‘m) qoplab berilgan.

Ma’lumot uchun: imtihon topshirish paytida oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yuqori natija (70% dan baland) ko‘rsatganligi uchun imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #933 47.1K
⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun 4 000 ta GRANT ajratiladi

— Hujjatlar 15-oktyabrga qadar yagona internet portal orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

🇺🇿 Respublika miqyosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Registon o‘quv markazi hamda Regbooks nashriyoti tomonidan bilimlar bellashuviga start berildi.

Tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilimini baholash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.


Tanlovda ishtirok etish BEPUL.

📚 Tanlov quyidagi 8 ta fan doirasida boʻlib oʻtadi:
— Tarix;
— Kimyo;
— Huquq;
— Biologiya;
— Matematika;
— Ingliz tili;
— Ona tili va adabiyoti;
— Rus tili va adabiyoti.

👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #932 31.8K
❗️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi

2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bu muddat:

➖bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
➖oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #931 137K
DAVLAT UNIVERSITETIDA O‘QISHNI ISTAYSIZMI?

BU IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG!


🇺🇿Filial O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan.

🏛 Toshkent shahridagi "MEI" Milliy tadqiqot universiteti filiali Sizni 2026/2027 o‘quv yili uchun DAVLAT GRANTIga o‘qishga taklif etadi:

👉 Ta'lim yo'nalishlari va Davlat granti haqida ma'lumot

☑️ Eng muhimi: Filialda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar uchun barcha zarur sharoitlarga ega talabalar turar joyi mavjud.

📎 Hujjat topshirish
💬 Onlayn murojaat

📝 Kirish imtihonlari:
Matematika va rus tili

⏲ Qabuli muddati: 27-sentabrgacha

📞 Call Center (Maslahat markazi):
☎️ +998555007740
☎️ +998951457741
☎️ +998951457742

Web-sayt | Telegram | Instagram | You tube
Post #930 39K
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlari qachon bo‘ladi?

2026-yil oxirigacha o‘tkaziladigan imtihon sanalari:
📚 Biologiya — 26-sentabr va 21-noyabr.

🧪 Kimyo — 27-sentabr va 22-noyabr.

📐 Matematika — 28–29-sentabr va 23–24-noyabr.

⚛️ Fizika — 29-sentabr va 24-noyabr.

🌍 Geografiya — 23-oktabr va 25-dekabr.

📖 Ona tili va adabiyot — 24–26-oktabr va 26–28-dekabr.
Rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti imtihonlari ham shu sanalarda.


📜 Tarix — 27-oktabr va 29-dekabr.

⚖️ Huquqshunoslik — 23-dekabr.

🎵 Musiqa madaniyati — 25-sentabr va 30-noyabr.

👩‍🏫 Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun — 20-noyabr.

💻 Fizika, geografiya, huquqshunoslik, musiqa madaniyati va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.

🆔 Ro‘yxatdan o‘tish: my.gov.uz orqali. O‘zingizga qulay hududni tanlashingiz mumkin.

O‘rinlar soni cheklangan.

💳 To‘lov — 594 000 so‘m.

❗️ Sentyabr imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish 4-sentabrda yakunlangan.

Keyingi imtihonlarga ariza topshirish va to‘lov muddatlari rasmda ko‘rsatilgan.

Imtihon sanalari o‘zgarishi mumkin.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #929 201K
🎓 Endilikda ishlab ham, o‘qish mumkin!

“Sirtqi ta’lim yo‘q, endi ish bilan birga qanday o‘qiyman?” deb oliy ma’lumot olishni ortga surmang!

✅ OXUS Universitetida siz uchun qulay ta’lim imkoniyatlari mavjud!

Ishingizni tashlamasdan, daromadingizni saqlab qolgan holda ham ishlab, ham oliy ma’lumot olishingiz mumkin! 💼📚

Hujjat topshirishga ulgurmagan yoki imtihonda qatnasha olmagan bo‘lsangiz ham, talaba bo‘lish imkoniyatingiz hali bor!

📌 Qaysi yo‘nalishlar mavjud?
📌 Ta’lim shakli qanday?
📌 Kimlar hujjat topshira oladi?
📌 Qabul shartlari nimalardan iborat?

Batafsil ma’lumot olish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👇
🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH

🌐 Veb-sayt: admission.oxusuniversity.uz
☎️ Axborot markazi: +998781133663

🎓 Sizni yangi imkoniyatlar sari yetaklaydigan ta’lim yo‘lini OXUS Universiteti bilan boshlang!

📞 Bitta qoʻngʻiroq va siz TALABAsiz!

BUGUNOQ TALABA BOʻLING!
Post #927 102K
🌟 Renessans universitetida DTM natijasi bilan bugunoq talaba bo‘lib, 8 500 000 so'mgacha chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin!

Renessans universiteti 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni UZBMB (DTM) imtihonida to‘plagan ballari asosida o‘qishga qabul qiladi.

Natijangiz qancha yuqori bo‘lsa, chegirmangiz ham shuncha katta bo‘ladi:
🔹UZBMB (DTM) imtihonidan 80 ball olganlar uchun 10% – 1 700 000 so'm chegirma;
🔹UZBMB (DTM) imtihonidan 100 ball olganlar uchun 20% – 3 400 000 so'm chegirma;
🔹UZBMB (DTM) imtihonidan 120 ball olganlar uchun 25% – 4 250 000 so'm chegirma;
🔹UZBMB (DTM) imtihonidan 150 ball olganlar uchun 50% – 8 500 000 so'm chegirma.


👍 Eslatma: Kontrakt narhlari 10 mln. so'mdan boshlanadi va 10 ga bo'lib to'lash imkoniyati mavjud.

👍 Grant. Chegirma. Imtiyoz. Imkoniyatlar
👍 Manzil

Ariza topshirish:
👉 https://qabul.renessans-edu.uz/

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

Bizni kuzating

———
📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Post #926 40.9K
Kontrakt pulini to'lab berishi uchun xotin-qizlar nima qilishi kerak?

Qonunchilikka ko'ra, magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

❗Eslatma: super-kontrakt asosida o'qishga kiradigan talabalarga davlat kontraktini qoplab bermaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan bo'lish kerak.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #925 36.9K
❗Bu yil 37,5 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan

Ma’lum qilinishicha, bu yil abituriyentlarning 230 ming 935 nafari (37,5 foizi) 56,7 dan(maksimal ballning 30 foizi) past ball yig‘gan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yillardagiga nisbatan sezilarli yaxshilangan.

Xususan, yillar kesimida 56,7 balldan past to‘plagan abituriyentlar ulushi quyidagicha bo‘lgan.

▪2022-yilda — 51,2%
▪2023-yilda — 49,4%
▪2024-yilda — 46,9%
▪2025-yilda — 41,2%
▪2026-yil — 37,5% 🆕

Shuningdek, davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish balli 134,6 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 93,7 ballni tashkil etgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 121,8 va 84,9 ball bo‘lgan.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #924 129K
Talabalar uchun aksiya: yarim yillik musiqa, filmlar, kitoblar va Yandex Plus obunasida bir somsa narxiga keshbek (hatto somsadan ham arzonroq😅).

Tavsifdagi havola orqali Plus’ga ulaning va 30 kun bepul, dastlabki olti oyni esa 50% chegirma bilan oyiga atigi 7 999 so‘mga oling.

Muhim shart: aksiya faqat yangi Yandex Plus obunachilari uchun amal qiladi.

Yandex Plus bilan siz Yandex Music’da musiqa tinglashingiz, Kinopoisk’da filmlar va seriallarni tomosha qilishingiz, Yandex Books’da kitoblar o‘qishingiz, shuningdek, Yandex Go xizmatlarida keshbek ballarini to‘plashingiz va sarflashingiz mumkin.

Bir somsa narxda yarim yillik ko‘ngilochar va foydali imkoniyatlar — tavsifdagi havola orqali!
Post #923 39.4K
Rasman: Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish mumkin. Hattoki xususiy universitetdan ham!

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas🙅🏻‍♂.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️ipoteka kreditlari;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma;

👉 12% qaytarilishiga oid batafsil ma’lumot!

#Kontrakt #foydali #Abituriyent #Talaba


@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #922 230K
❗️ENDILIKDA “YIQILGAN” ABITURIYENT HAM TALABA BO‘LISHI MUMKIN! 🎓🔥

Hatto hujjat topshirishga ulgurmaganlar va imtihonga kechikkanlar uchun ham imkoniyat bor! 😳

❗️ 56,7 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar ham talaba bo‘lishlari mumkin!

“Sirtqi ta’lim yo‘q, endi ishlaydiganlar qanday o‘qiydi?” deb oliy ma’lumotli kadr bo‘lishni kechiktiryapsizmi?

✅ Siz uchun qulay yechim bor!

Ishingizni tashlamasdan, daromadingizdan voz kechmasdan OLIY MA’LUMOT olish imkoniyati mavjud! 💼📚

Ya’ni, ISHLAB HAM O‘QISH mumkin! 😳🔥

Eng muhimi — ko‘pchilik hali bu imkoniyat haqida bilmaydi!

📌 Qanday imkoniyat?
📌 Shartlari qanday?
📌 Kimlar hujjat topshira oladi?

Barchasini bilish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👇
Havola: https://forms.gle/KCVmRGDjdfFBHrbBA

🎓 Ushbu imkoniyatni sizga Toshkent shahrida joylashgan Toshkent Ijtimoiy Innovatsiya Universiteti taklif etadi.

📅 Hujjatlar 31-avgustga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998781131717
+998555061277
Post #920 50.9K
⚡️ Rasman: Darslar 1-kurslar uchun 7-sentyabrdan, yuqori kurslarga 14-sentyabrdan boshlanadi

2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

✅ 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅ 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #919 53.4K
Rasman: DAVLAT XALQARO UNIVERSITETIda hozirda qabul davom etmoqda

✅ IELTS yoki CEFR sertifikatingiz bormi? Sizda Davlat Universitetida talaba bo'lish imkoniyati bor.

🧑‍🎓Talabalar 1-kursdanoq Xitoy, Koreya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda amaliyot dasturlarida ishtirok etib xalqaro tajriba olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

🌍 Diplom butun dunyo bo'ylab tan olinadi.

Arizalar SHU YERDA qabul qilinmoqda.

Murojaat uchun:
📞+998 55-900-05-00

🚀Telegram | 📱Instagram |🌐Website
Post #918 44.9K
⚡️ Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi

📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.

❓ Ariza berish uchun nima qilish kerak?

➡ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
➡ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

✍ Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

✍ Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.

🔗 Talaba bo'lsangiz, ijara to'lovi uchun ariza yuboring!

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #917 54.8K
🎓 Mandat natijasidan ko‘nglingiz to‘lmadi? Bu hali yakun emas!

💙 Talabalik orzuingizni birgina natija bilan to‘xtatib qo‘ymang. Osiyo Xalqaro Universitetida siz uchun yangi imkoniyatlar ochiq!
✅ DTM natijangiz orqali imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati
✅ 90+ ta ta’lim yo‘nalishi
✅ Buxoro va Xorazm filiallari
✅ Xalqaro ta’lim va amaliyot imkoniyatlari

⏳ Qabul o‘rinlari to‘lib bormoqda! O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang.

😉 Mandat — yakun emas. Talabalik sari yana bir imkoniyat bor!


Ro’yxatdan o’tish uchun:
qabul.oxu.uz

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📍Buxoro filiali: +998553050009|Online murojaat
📍Xorazm filiali: +998553100009|Online murojaat
Post #916 38K
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija

DIQQAT, E'LON!

YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI


📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @bmba_natijabot
👉 @bmba_natija1bot
👉 @bmba_natija2bot
👉 @bmba_natija_3bot

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

test natijalari qaydnomasi
oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #915 28.4K
🎯Qachon qaror qabul qilasiz?

Bu videoda aytilganidek — qaror sizning qo‘lingizda!

Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti — bu to‘g‘ri yo‘lni tanlash, bilimga, amaliy tajribaga va ishonchli kelajakka dadil qadam tashlash imkoniyati!

💫Yetuk ustozlar
🏢Qulay turar joy
🎓Zamonaviy o‘quv tizimi
🧠Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim — barchasi sizni kutmoqda!

Bugun qaror qabul qiling.
📥Hujjat topshiring va orzular sari yo‘l oching!

🌐 Ariza topshiring: 📥qabul.atmu.uz
📞 Ma’lumot uchun: +998 55 404 55 55

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube 🌍Sayt
Post #914 53.2K
#tezkor

❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri

Ertaga degani bugun 00:00 dan keyingi istalgan vaqt bo’lishi ham mumkin. Sayt qotib qolganda telegram botlar sizga yordamga keladi!

Abituriyentlar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida mandat natijalariga oldindan buyurtma xizmati ishga tushirilgan.

Buyurtma berish uchun qilish kerak?

1️⃣. @DTMSTAT_BOT da ro'yxatdan o'ting;

2️⃣. "MANDATGA BUYURTMA" ni bosing;

3️⃣. Abituriyent ID raqamini kiriting;

4️⃣. Buyurtma tayyor!


Ushbu @DTMSTAT_BOT natijalar chiqishni boshlashi bilan buyurtma bergan abituriyent natijalarini birinchilardan bo'lib sizga yuboradi.

❌ Foydalanish mutlaqo bepul!

Quyidagi botga ID raqamni yuboring:
👉 @DTMSTAT_BOT
👉 @DTMSTAT_BOT
Older posts →

About this channel

How can I read @baholash without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for @Baholash - Mandat: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does @Baholash - Mandat have?
@Baholash - Mandat (@baholash) has 158K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does @Baholash - Mandat know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →