⚡️ Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi
📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.
❓ Ariza berish uchun nima qilish kerak?
➡ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
➡ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
✍ Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
✍ Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.
🔗 Talaba bo'lsangiz, ijara to'lovi uchun ariza yuboring!
@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #918
45K
