❗️Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 ming 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan.
Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 ming 317 nafar, 45%) tegishli. 14–17 yoshli 25 ming 112 nafar (33,9%) yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Ya’ni jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 ming 503 nafar qiz va 35 ming 599 nafar yigit foydalangan.
IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 ming 48 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT imtihoni bo‘yicha esa 9 ming 82 nafar yoshga xarajatlar (12,2 mlrd so‘m) qoplab berilgan.
Ma’lumot uchun: imtihon topshirish paytida oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yuqori natija (70% dan baland) ko‘rsatganligi uchun imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi
@Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Post #934
23.1K
