TGViewer
Channel Public Channel
Build w Abdulaziz

Build w Abdulaziz

@azizbeklive

👨🏻‍💻 dasturchi

contentcoach.org
ieltstation.com
satstation.io
@sayraibot
Subscribers
2K
Photos
254
Videos
57
Links
134
Recent Posts 17 shown
Post #1007 530
dunyoda man umuman yoqtirmaydigan 2 turdagi inson bor.

agar talaba yoki 20-25 yoshda bo‘lsangiz, o‘zingiz ham sezmagan holda ulardan biriga aylanib qolishingiz juda oson. Iltimos, shunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

brinchi turdagi odamlar kimdir yangi narsani boshlasa, ustidan kuladigan insonlar. bu biznes boshlashmi, ijtimoiy tarmoqlarda kontent chiqarishmi yoki shunchaki hayotini yaxshilashga harakat qilishmi, farqi yo‘q.

bunday odamlar ko‘pincha o‘zlari harakat qilishga jur’at topolmaydi. boshqalarni harakatini masxara qilish esa ularga o‘zlarini yaxshiroq his qilish imkonini beradi.

agar shunday odamlar davrasida bo‘lib qolsangiz, bir narsani unutmang: sizni harakatdan qaytarishga urinayotgan odamning fikri sizning kelajagingizni belgilamasligi kerak.

ula judayam “wierd” bo‘lishadi. har doim “shunchaki hazillashdim-ku” degan niqob ortiga yashirinishadi. shuning uchun bundan ogoh bo‘ling.

ikkinchi turdagi odam esa birinchi odamni kimnidir masxara qilayotganini ko‘rib turib, indamay turadigan inson.

bunday odamlarning ham ichida yangi narsalarni sinab ko‘rish istagi bo‘lishi mumkin. lekin o‘zlari boshlashga ham, boshqalarning ustidan kulayotgan odamga e’tiroz bildirishga ham qo‘rqishadi.

ularni yoqtirmasligimni sababi shundaki, ularda albatta salohiyat bo’lishi mumkin, lekin ula bu salohiyatni o‘zlari kabi mas’uliyat va tushunchaga ega bo‘lmagan odamlar davrasida bekorga sarflashyapti.

bu ikki turdagi odam birlashib, atrofdagilarda intilish va harakat qilish istagini o‘ldiradigan muhitni yaratadi.

natijada shunday muhit shakllanadiki, unda harakat qilish g‘alati va kulgili, beparvo va sovuqqon bo‘lish esa zo‘r tuyuladi.

ula o‘z hayotlarini yaxshilash uchun harakat qilishdan ko‘ra, boshqalarni muhokama qilishga ko‘proq vaqt sarflashadi.

agar yosh bo‘sez, bunaqa muhitga tez-tez duch kelasiz. agar bundan ogoh bo‘lmasez, sekin-asta atrofdagilarga o‘xshab qolasiz va oxir-oqibat ularni natijasiga erishasiz.

shuning uchun, iltimos, birinchi turdagi odam bo‘lmang. Ikkinchi turdagi odam bo‘lib qolmang.

o‘zingizni rivojlantiradigan, harakatga undaydigan va sizni o‘sishingizdan xursand bo‘ladigan insonla bilan birga bo‘ling.

chunki ba’zida sizni eng katta to‘sig‘iz qobiliyatingiz yetishmasligi emas, balki atrofingizdagi odamlar sizni qanday inson bo‘lishga o‘rgatayotganidir.
  • 🔥 11
  • 👍 6
  • 💯 4
  • ❤ 3
Post #1006 648
bitta UGC influencerga 40$ to’ladik bitta videoga ContentCoach targ’iboti uchun.

2 kunda tayyorlab beraman deganiga 2 haftadan oshdi.
keyingi xabarlarimizni ko’rmadi ham.

jamoadoshim:
— mashenik ekan, uxlatib ketdi.

man:
— yaxshi gumonda bo’laylik, balki o’tib qogandir
  • 🤣 46
Post #1005 961
rossiyalik bitta mer haqida.

yoshlikdan beri yaxshi ko‘radigan, birga katta bo‘lgan do‘sti bor ekan.

“yaxshi odam, bekor yurmasin”, deb o‘ziga yordamchi qilib olibdi. keyin qaysidir bo‘limlarni ham boshqarishga beribdi.

do‘sti esa 3 yil ichida butun hokimiyatni qarzga botiribdi, byudjetdan pul o‘margan, oxirida o‘ziniyam, boshlig‘iniyam qamoqqa tiqib, nominiyam bulg‘abdi.

eng qizig‘i, 3 yil davomida merga bu odam haqida kelgan shikoyatlarni deyarli eshitmagan.

“e, u yaxshi bola. man uni yoshligidan bilaman. adolatli bola”, deb.

odam kimnidir yaxshi ko‘rsa, uni xatosinimas, o‘zini u haqidagi tasavvurini ko‘ra boshlarkan.

keyin hikmat izlab qolasiz:

“e, hozir bunda bir hikmat bo‘lishi kerak…”

“nega unday qilgan bo‘lsa, bekorga qilmagan bo‘lsa kerak…”

aslida esa odam shunchaki xato qilgan bo‘lishi mumkin.
  • ⚡ 9
  • ❤ 4
Post #1003 1.55K
bitta cholni eshigi oldida yosh bolalar har kuni futbol o‘ynasharkan.

chol:
— e, ketilar, bu yerda o‘ynamanglar, desa ham o‘ynayverisharkan.

ertasi kuni chol:
— uuu, zo‘r o‘ynayapsizlar-ku, deb $50 beribdi.

keyingi kuni:
— zo‘r ketyapti, deb $100 beribdi.

undan keyingi kuni esa hech narsa bermabdi.

bolalar:
— biz tekinga o‘ynamaymiz, deb futbol o‘ynashni to‘xtatishibdi.

rag‘bat odamning holati va harakatini o‘zgartiradi.

mukofot paydo bo‘lganda harakatni ma’nosi o‘zgarib ketdi.
  • ⚡ 29
  • ❤ 7
  • 🔥 6
  • 😁 4
  • 👀 2
Post #1002 1.13K
vakansiya

ContentCoach haqida juda ko‘p kontent chiqarishim va shu orqali lead olib kelishim kerak bo‘lyapti.
content == sales.

lekin buni doim o‘zimni profilimda qilsam, UGC creator’dan farqim qolmayapti, auditoriyam ham zerikib qolyapti.

manga kuniga ~20 ta kontent creator bilan bog‘lanib, ula bilan deal qilishga va hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan odam kerak.

creatorlar bilan bog‘lanish shart bo‘lmagan paytlarda boshqa kichik lekn muhim vazifalar bilan ham shug‘ullanish mumkin.

o‘zimdagi bilim, networking va imkoniyatlani siz bilan bo‘lishishga tayyorman.

oylikni kelishamiz.
qiziqsangiz, manga aloqaga chiqing: @azizlive
  • 👍 9
  • ❤ 4
Post #1001 975
Build w Abdulaziz Video message
do I look russian?

why does everyone speak russian to me while they’re speaking uzbek with everyone else? 🦦
  • ❤ 8
  • 😁 5
  • 🤣 1
Post #1000 921
Build w Abdulaziz Didox’dan korporativ karta keldi 💳 Afzalliklarini eshitdingizmi?

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 8
Post #998 999
Didox’dan korporativ karta keldi 💳

Afzalliklarini eshitdingizmi?
  • 🔥 14
  • ❤ 7
Post #997 1.03K
Telefonni yoqqanimda avtomatik ochib yuboradigan dasturlarim 😂

Sizda qaysi?
  • ❤ 9
  • 😁 4
  • 🔥 2
Post #994 1.21K
“ota-onani tezroq xafa qilish kerak”

instagramda shunaqa kontent ko’rib qoldim.

kasb tanlashda ota-ona “doktor bo’l” desa, “yo’q, man dizayner bo’laman” deb ularni xafa qilish kerak emish.

qiziq.
mustaqillikni biroz noto’g’ri tushunib qolganga o’xshaymiz.

ota-onani fikriga qarshi chiqish mustaqillikmas.

xuddi shuningdek, ota-onani fikriga qo’shilish ham avtomatik tarzda qaramlik deganimas.

- “man doktor bo’lmayman” deyish oson.

- “man bu kasbni tanladim, chunki mana shu sabablar bor. mana nimani o’rganaman. mana qanday pul topaman. Ishlamasa, mana B variantim.”
bu bo’sa boshqa daraja, ma’suliyat va ishonch.

chunki ba’zan odamla ota-onasini bosimidan qochyapman deb o’ylab, shunchaki teskarisini qilishni boshlaydi.

lekin qarorni hali ham ota-onasi belgilayapti.

faqat “ha” o’rniga “yo’q” deyishni tanlayapti.

bu mustaqillikmas.
bu shunchaki reaksiya.

haqiqiy erkinlik ota-onangga qarshi chiqishdan boshlanmaydi.

o’zing nima xohlayotganingni tushunishdan boshlanadi.

ha — ba’zan o’z yo’lizni tanlaganda ota-onangiz xafa bo’lishi mumkin.
lekin ulani ataylab xafa qilishni “self-growth” deb romantizatsiya qilish shartmas.
  • 💯 30
  • 👍 7
  • ❤ 6
Post #993 1.38K
Instagram’ga hozirgina yangi video joyladim.

lekin kanaldagilarga birinchi bo‘lib yozishim kerak deb o‘yladim.
Manga kontent yaratishga qiziqadigan odamlar kerak.

o‘z sohasi bo‘yicha kontent qilayotgan,
yoki endi boshlashni niyat qilib yurgan,
yoki shunchaki “kontent qilsam bo‘lardi, lekin nimadan boshlashni bilmayapman” deb yurganlar.

Agar vaqtingiz bo‘lsa, 20 daqiqa choy ustida gaplashsak yaxshi bo‘lardi.
online ham bo‘ladi, offline ham.

Manga siz kontentda qayerda qiynalayotganingiz, nima to‘xtatayotgani, nima yordam berishi mumkinligi qiziq.

Evaziga loyiha ishga tushganda birinchilardan bo‘lib bepul early access beraman.
Bundan tashqari, suhbat davomida content, startup, AI yoki o‘zim bilgan boshqa narsalarda foydam tegsa, bemalol ulashaman.

Hech qanday formal interview emas.
Shunchaki choy, suhbat va real fikrlar.

Qiziq bo‘lsa, pastdagi formani to‘ldirib qoldiring.
o‘zim aloqaga chiqaman 👇

https://forms.gle/CgqSciVGLnspdW3z6
  • ❤ 11
  • 🔥 10
Post #992 1.67K
life’s not perfect, but that doesn’t mean it has to be bad all the time, or good all the time either.

your life is meant to be lived, not just finished, it’s not some milestone to check off. we have gotten so used to the idea of optimising every part of our lives, that we are rapidly forgetting the most important part -just being here.

I know it sounds corny, I know it feels like we should roll our eyes at hope when the world feels hell-bent on doling out bad days. But it’s an important lesson, I think, that needs to be reiterated and if for no one else, then just for me.

I have spent so much of my life thinking that the next milestone will solve all my problems, but when I get there I don’t allow myself any time to just relish. maybe it’s from the chaos of my upbringing, maybe it’s because I see myself as an over achiever, or maybe it’s because I’m self destructive when things are going good, whatever the case I need this reminder.

thank yall and hope you enjoy.
  • 🔥 12
  • ❤ 7
  • 🤣 2
Post #991 2.01K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 12
  • 😁 12
  • 🤣 3
  • 🐳 1
Post #987 4.4K
100 ta viral content format Google Drive’ga joylab qo‘yildi.

3 hafta davomida tahlil qilgangan.

ichida millionlab prosmotr olib kelgan formatlar bor:

qanday boshlash,
kamera oldida nima deyish,
qanaqa structure bilan gapirish,
hook’ni qayerdan olish,
postni qanday joylash

hammasi bittama-bitta yozilgan.
agar kontent qilmoqchi bo‘lib, lekin “nima post qilaman?” deb o‘tirgan bo‘lsangiz, foydasi tegadi deb o‘ylayman.

lekin bitta joyi bor.
formatni olish oson.
uni o‘zingizga moslash qiyinroq.

chunki har bir profile’ning audience’i, voice’i va context’i boshqa.
shu formatlarni o‘z profilingizga moslab ishlatishni eng oson yo‘llaridan biri — ContentCoach.

u sizning profilingizni tushunib, shu formatlarni sizning style’ingizga moslab hook, script va caption qilib berishga yordam beradi.

formatlar tekinga.

link: [Google Drive]

ContentCoach bilan sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz: [@aicontentcoach_bot]
  • ❤ 21
  • ⚡ 7
  • 👍 3
  • 🤩 1
  • 🐳 1
  • 🤣 1
Post #986 3.36K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 💯 10
  • ❤ 6
  • ⚡ 4
  • 🔥 2
  • 🤣 1
Post #983 3.69K
Kibr tushunchasi judayam qiziq.

Instagramda kontent ko‘rganimizda, odamla doim energiya bilan gapirishiga, pozitiv bo‘lishiga, kulgili videola qilishiga o‘rganib qolamiz.

Keyin real hayotda ham ulardan shu xarakterini kutamiz.

Lekin biz ko‘rayotgan narsa uni hayotini faqat bir qismi.

U odamni qanaqa muammolari borligini, nimalarni boshidan o‘tkazayotganini, aslida xarakteri qandayligini bilmaymiz.

Ba’zida tanimasdan turib, uni o‘zimiz yaratgan obraz orqali hukm qilamiz.
  • 💯 16
  • ❤ 6
  • 🔥 6
  • 👍 1
  • 🤣 1
Post #981 3.15K
atrofimizda hasad ko‘p. u haqida esa ko‘p gapirilmaydi.

ba’zida yoshlarga hasad qilishni va o‘zini boshqalar bilan solishtirishni to‘xtatishni o‘rgatish o‘rniga, o‘zimiz ularni Mark Zuckerberg, Bill Gates, Steve Jobs’lar bilan solishtirib o‘tiramiz.

“U Harvardga kirgan, san kimsan?”
“Bill Gates universitetni tashlab ketgan.”
“Steve Jobs yana kimnimala qigan.”
“ula qanaqa muhitda yashaganini bilasanmi?”

“muhit muhim” deymiz.

lekin O‘zbekiston endi shu muhitni yaratishga harakat qilayotgan paytda, hali yo‘lni boshidayoq “qani natija?” deb tosh otamiz.

“solishtiradigan bo‘lsak, hech bo‘lmasa to‘g‘ri solishtiraylik” deymiz.

lekin balki muammo solishtirishni o‘zidadir?

balki avval solishtirish noto‘g‘ri ekanini tushunish kerakdir.

@azizbeklive
  • ⚡ 13
  • ❤ 6
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • 💯 1
  • 🤣 1
Older posts →

About this channel

How can I read @azizbeklive without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Build w Abdulaziz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Build w Abdulaziz have?
Build w Abdulaziz (@azizbeklive) has 2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Build w Abdulaziz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →