dunyoda man umuman yoqtirmaydigan 2 turdagi inson bor.
agar talaba yoki 20-25 yoshda bo‘lsangiz, o‘zingiz ham sezmagan holda ulardan biriga aylanib qolishingiz juda oson. Iltimos, shunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.
brinchi turdagi odamlar kimdir yangi narsani boshlasa, ustidan kuladigan insonlar. bu biznes boshlashmi, ijtimoiy tarmoqlarda kontent chiqarishmi yoki shunchaki hayotini yaxshilashga harakat qilishmi, farqi yo‘q.
bunday odamlar ko‘pincha o‘zlari harakat qilishga jur’at topolmaydi. boshqalarni harakatini masxara qilish esa ularga o‘zlarini yaxshiroq his qilish imkonini beradi.
agar shunday odamlar davrasida bo‘lib qolsangiz, bir narsani unutmang: sizni harakatdan qaytarishga urinayotgan odamning fikri sizning kelajagingizni belgilamasligi kerak.
ula judayam “wierd” bo‘lishadi. har doim “shunchaki hazillashdim-ku” degan niqob ortiga yashirinishadi. shuning uchun bundan ogoh bo‘ling.
ikkinchi turdagi odam esa birinchi odamni kimnidir masxara qilayotganini ko‘rib turib, indamay turadigan inson.
bunday odamlarning ham ichida yangi narsalarni sinab ko‘rish istagi bo‘lishi mumkin. lekin o‘zlari boshlashga ham, boshqalarning ustidan kulayotgan odamga e’tiroz bildirishga ham qo‘rqishadi.
ularni yoqtirmasligimni sababi shundaki, ularda albatta salohiyat bo’lishi mumkin, lekin ula bu salohiyatni o‘zlari kabi mas’uliyat va tushunchaga ega bo‘lmagan odamlar davrasida bekorga sarflashyapti.
bu ikki turdagi odam birlashib, atrofdagilarda intilish va harakat qilish istagini o‘ldiradigan muhitni yaratadi.
natijada shunday muhit shakllanadiki, unda harakat qilish g‘alati va kulgili, beparvo va sovuqqon bo‘lish esa zo‘r tuyuladi.
ula o‘z hayotlarini yaxshilash uchun harakat qilishdan ko‘ra, boshqalarni muhokama qilishga ko‘proq vaqt sarflashadi.
agar yosh bo‘sez, bunaqa muhitga tez-tez duch kelasiz. agar bundan ogoh bo‘lmasez, sekin-asta atrofdagilarga o‘xshab qolasiz va oxir-oqibat ularni natijasiga erishasiz.
shuning uchun, iltimos, birinchi turdagi odam bo‘lmang. Ikkinchi turdagi odam bo‘lib qolmang.
o‘zingizni rivojlantiradigan, harakatga undaydigan va sizni o‘sishingizdan xursand bo‘ladigan insonla bilan birga bo‘ling.
chunki ba’zida sizni eng katta to‘sig‘iz qobiliyatingiz yetishmasligi emas, balki atrofingizdagi odamlar sizni qanday inson bo‘lishga o‘rgatayotganidir.
Post #1007
531
- 🔥 11
- 👍 6
- 💯 4
- ❤ 3